Voychex Shensni futbolchilik faoliyatini yakunladi.
34 yoshli polshalik darvozabon ijtimoiy tarmoqlarda bu haqida ma’lum qildi.
Shensnining oxirgi klubi Turinning “Yuventus” klubi edi. Turinliklar tarkibida golkiper 7 mavsum o‘tkazdi va 252 ta o‘yin o‘tkazdi. Klub safida 3 marta skudettoni va Italiya Kubogini, shuningdek, 2 marta mamlakat Superligasida g‘alaba qozongan.
Darvozabon “Arsenal” safida 2 marta Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida zafar quchgan. Polsha terma jamoasi bilan esa 4 marta Yevropa Chempionatida, 2 marta Jahon Chempionatida ishtirok etgan.
Izoh (0)