Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 17,46 so‘mga pastlab, 12 652,19 so‘m bo‘ldi. Yevro 27,10 so‘mga tushib, 14 131,23 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,41 so‘mga ko‘tarilib, 138,41 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 669,65 so‘m bo‘lgandi. Yevro oshib, rubl tushgandi.
Izoh (0)