• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Filmdagi obrazi uchun ham ozib, ham vazn orttirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    Rolga ega bo‘lish uchun nafaqat katta hajmdagi ssenariyni eslab qolish, ishonarli qilib yig‘lash, ba’zan esa notanish tilni o‘rganishga ham to‘g‘ri keladi. Albatta, bularning barchasi muhim, ammo yana bir narsa bor, bu yanada qiyinchilik bilan kechadi — bu ozish yoki vazn to‘plash.

    Bugungi qahramonlarimiz obrazlariga maksimal darajada o‘xshash uchun bu qadamni tashlashga jur’at etgan.

    Rene Zellveger

    Rene 30 yoshdan oshgan erkin qiz haqida hikoya qiluvchi “Brijit Jonsning kundaligi” filmi tufayli shuhrat qozonadi. Qahramonning zararli odatlari yetarli, ozish istagi bor, lekin sevgan yigiti yo‘q.

    Suratga olish ishlaridan bir necha oy oldin Zellveger tez tayyorlanadigan oziq-ovqat sotib olar va uni gazlangan ichimlik bilan ichardi. Natija — 14 kiloga semirib, elliginchi o‘lchamdagi kiyim kiya boshlaydi.

    Har kuni u 4000 kilokaloriya iste’mol qiladi, filmning uchinchi qismiga qadar sport zali bilan xayrlashadi. Faqat shundagina uning qahramoni syujet bo‘yicha kerakli natijaga erishadi.

    Rene tan olganidek, “Brijit Jons” uni sinovdan o‘tkazdi, chunki har kimning ham avvalgi qomatiga qaytishga kuchi yetmaydi. Aktrisaga yordam bergan asosiy narsa — sport zali edi.

    Jared Leto

    “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlari sohibi, “Thirty Seconds to Mars” guruhi solisti, doimo navqiron Jared Letto avvaliga “Orzu uchun rekviyem” va “Dallas xaridorlar klubi” filmlari uchun ozadi, keyinchalik esa “27-bob” filmidagi Mark Chapman nomli g‘alati qahramoni uchun vazn yig‘adi.

    Letto bu rol uchun 30 kilogrammga semiradi — bunga makaron, muzqaymoq, pitssa, kola va shokoladli batonchiklar sabab bo‘ladi. Aktyor bu jarayonga shunchalik berilib ketadiki, hatto shifokorlar nazoratida bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.

    Sharliz Teron

    2003-yilda Sharliz Teron bosh rolni ijro etgan “Maxluq” filmi ekranlarga chiqadi. Bu rol uchun u hozircha yagona bo‘lgan “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritadi.

    Sharliz ijro etgan qahramon telba qotil Eylin Uornos edi. Bu rol uchun aktrisa nafaqat 15 kiloga semiradi, balki qoshlarini ham qirib, sun’iy jag‘ taqadi.

    14 yil o‘tgach, Teron yana o‘sha usulga qaytadi — “Talli” tragikomediyasida u roli uchun 22 kilogramm vazn to‘plab, ko‘p bolali ona obrazini yaratadi. Ushbu film ustida ishlash jarayonidan so‘ng, aktrisa tanasidagi keskin o‘zgarishlar uni tushkunlikka, ruhiy azoblarga va uyqu buzilishiga olib kelganini e’tirof etadi:

    “Uch hafta davomida nosog‘lom ovqatlanganim menga qiziqarli tuyulmay qoldi. Ovqatlanish majburiyatim va ishimga aylandi: har kuni belgilangan miqdordagi kaloriya iste’mol qilishim shart edi. Tushkunlikka tushib qoldim. Hayotimda ilk bor shunchalik ko‘p qayta ishlangan mahsulotlar va shakar iste’mol qildim”, deydi aktrisa.

    Bredli Kuper

    Model Irina Sheykning sobiq sevgilisi, qizining otasi Bredli Kuper “Vegasdagi to‘y”, “Stvolli yigitlar”, “Mening yigitim — telba” “Qarag‘aylar ostida” filmlari yulduzi va o‘n ikki karra “Oskar” mukofotiga nomzod 2014-yilda semirib ketadi. O‘shanda u “Snayper” filmida Kris Kayl rolini o‘ynayotgandi.

    Kuper nafaqat 18 kilo vazn yig‘adi, balki baquvvat erkakka aylanadi — o‘shanda uning butun vazni mushakka aylangandi.

    Mettyu Makkonahi

    “Oltin” filmidagi roli uchun Metyu olti oy ichida 20 kilogramm vazn to‘playdi va jarayon unga quvonch keltiradi:

    “Vazn to‘plash ancha qiziqarli jarayon. Yarim yil davomida istagan vaqtimda xohlagan narsamni qila olardim. Tunda pitssa yeyish? Bemalol. Nonushtaga pivo bilan chizburger? Bu ham yaxshi fikr. Men chindan ham semirib ketdim va tez orada yaxshigina qorin soldim”, deydi u.

    Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, ozishiga shaxsiy shifokor tavsiyasiga ko‘ra bir necha oy davomida ichgan maxsus choy yordam bergan.

    Ammo “Dallas xaridorlar klubi”dagi rol uchun u aksincha, 20 kiloga ozadi, chunki uning qahramoni OITS bilan kasallangan va vazn yo‘qotish kasallik sindromlaridan biri edi. Aktyor sog‘lig‘iga zarar yetkazmaslik uchun o‘z diyetologi nazorati ostida ozadi.

    Robert De Niro

    Martin Skorsezening “Quturgan buqa” filmidagi Jeyk Lomott (amerikalik bokschi, o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni) roli uchun Robert De Niro “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida “Oskar”ga sazovor bo‘ladi. Shubhasiz, mukofot aktyorning sa’y-harakatlarini oqlaydi, chunki roli uchun u 27 kilogramm vazn to‘plagandi. Bu hatto rejissorni xavotirga soladi — u aktyordan bunchalik ko‘p vazn yig‘ishni so‘ramagandi (uni muashakdor qilib ko‘rsatish uchun atigi to‘qqiz kilo yetarli edi).

    Enn Xeteuey

    “Xo‘rlanganlar” filmida o‘layotgan Fantina rolini o‘ynash uchun aktrisa qattiq parhezga o‘tiradi. U qiynaladi, lekin 11 kilogramm yo‘qotadi. Ko‘p o‘tmay, Enn uyqu buzilishi muammosiga duch keladi, unda gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lib, qorni og‘riydi — bu kam ovqatlanishning natijasi edi. U kuniga bor-yo‘g‘i ikki bo‘lak sulili non yer, ba’zan esa rediska va latuk salatini chaynardi.

    Xeteuey shuncha mashaqqat chekkani uchun “Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol” roli uchun “Oskar” bilan taqdirlanadi.

    27.08.2024, 11:50   Izoh (0)   10270
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jumanji” filmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 15 ta qiziqarli fakt

    23.08.2024, 18:50

    “Kalmar o‘yini”dan qolishmaydi: hayot-mamot o‘yinlari haqidagi qiziqarli film va seriallar

    25.08.2024, 08:04

    Dahshat, sevgi va xiyonat: “Ajdaho uyi” serialiga o‘xshash kutilmagan burilishlarga boy filmlar

    26.08.2024, 09:52

    Istanbullik milliarderlar: Turkiyaning 10 nafar eng boy mashhurlari

    27.08.2024, 10:50

    Ko‘plab tomoshabinlarga ma’lum bo‘lmagan noodatiy turk seriallari

    27.08.2024, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.