• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi byudjetga qanchaga tushadi? Mutaxassislar bilan suhbat

    Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foiz oshiriladi. 1-oktyabrdan davlat tashkilotlari xodimlari, xususan, pedagoglar (oliy taʼlimdan tashqari) va shifokorlar ish haqi 15 foiz, boshqa xodimlar oyligi 10 foiz ko‘tariladi. Xo‘sh, oyliklar oshirilishi davlat byudjetidan qancha mablag‘ talab qiladi? “Daryo” muxbiri Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori o‘rinbosari Shohrux Ishonqulov hamda Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i Davron Pozilov bilan shu haqda suhbatlashdi.

    — Joriy yil ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi uchun davlat byudjetidan qancha mablag‘ ajratiladi?

    Shohrux Ishonqulovning aytishicha, hozirda byudjet tashkilotlarida jami 1 million 880 ming nafardan ortiq xodim ishlamoqda.

    “Davlat tashkilotlari xodimlarining 2024-yildagi jami ish haqi xarajatlari 129 trillion so‘m atrofida bo‘lishi rejalashtirilgan. Oktyabr oyidan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishiga byudjetdan jami 7,6 trillion so‘m ajratiladi. Shundan 4 trillion so‘mi ish haqiga, qolgan 3,6 trillion so‘mi pensiya va nafaqalarga qo‘shiladi”, dedi vazirlik vakili.

    Suhbatda Davron Pozilov bu yil pensiyalarga qancha pul ajratilishi haqida maʼlumot berdi.

    “2024-yilda Pensiya jamg‘armasiga 63 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Yanvar–avgust oylarida jami pensiya to‘lovlariga 40,2 trillion so‘m yo‘naltirildi. Sentyabrdan pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilishi hisobiga yana qo‘shimcha 2,9 trillion so‘m ajratiladi. Mazkur mablag‘ qolgan 23 trillion so‘mga qo‘shilib, yil oxirigacha to‘lab boriladi”, dedi jamg‘arma vakili.
    Foto: “Daryo”

    — O‘qituvchi va shifokorlar ish haqi 15 foizga, yaʼni boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarinikidan 5 foiz ko‘proq oshmoqda. Biroq ularning o‘rtacha oyligi mamlakatdagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan (5 million 92 ming so‘m) pastligicha qolyapti. Mazkur sohalar vakillari ish haqining 15 foizga oshirilishi yetarlimi?

    Shohrux Ishonqulov respublikada o‘qituvchilar soni (oliy taʼlimdagidan tashqari) 820 ming nafarga yaqin ekanini, tibbiyot xodimlari esa 464 ming nafarligini maʼlum qildi.

    “Ish haqi 15 foizga oshirilishi byudjet tashkilotlarida ishlovchi 1 million 284 ming nafar o‘qituvchi va shifokorlar oyligiga taʼsir qiladi. Biz ularning o‘rtacha toifa va lavozimda ishlayotganlari oyligini tahlil qildik. 2023-yil noyabrda chiqqan prezident farmoni bilan ish haqi 7 foizga oshirilgan. O‘sha paytda umumtaʼlim maktabining 2-toifali o‘qituvchisi o‘rtacha 3 million 961 ming so‘m oylik olgan. Ish haqi kuzda 15 foizga oshsa, bu miqdor 4 million 555 ming so‘mga chiqadi.

    Tibbiyot xodimlarida ham xuddi shu kabi o‘rtacha shifokor oyligi tahlil qilindi. 2-toifali umumiy amaliyot shifokori o‘tgan yili noyabrda oshirilgan ish haqi bo‘yicha oladigan oyligi 6,6 million so‘m. Kuzda oyliklar oshirilishi orqali mazkur toifadagi shifokorlar ish haqi 7,6 million so‘mga ko‘tariladi.

    Albatta, o‘rtachadan ham kam oylik oladigan tibbiyot va pedagog xodimlar bor. Ularning ish haqini o‘rtachaga yaqinlashtirish va undan yuqoriga ko‘tarish maqsadida oyliklari 15 foizga oshirilib, qo‘shimcha eʼtibor berildi”, dedi vazirlik masʼuli.

    Shu bilan birga, Shohrux Ishonqulov 1-toifali umumiy amaliyot shifokorining eng yuqori oylik ish haqi (qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mablag‘lar bilan) 10,2 million so‘m ekanini aytdi. Oktyabrda oyliklar oshirilsa, bu miqdor 11 million 767 ming so‘mga yetishini ta’kidladi.

    “Mazkur toifadagi shifokor oyligi qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mablag‘larsiz 6,4 million so‘mdan 7,4 million so‘mga oshadi”, dedi mutaxassis.

    Vazirlik masʼuliga ko‘ra, maktabda ishlayotgan 1-toifali o‘qituvchi oyligi (barcha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mablag‘lar bilan) 10 million so‘mdan oshadi. Ish haqi 15 foizga oshirilishi natijasida bu miqdor 11,6 million so‘mga chiqadi.

    “Albatta, barcha 1-toifali pedagoglar qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi mablag‘lar olmaydi. Chunki hamma ham xalqaro darajadagi sertifikati ega emas yoki olis hududda ishlamaydi. Bir stavka to‘liq ishlayotgan, qo‘shimchalarsiz oylik olayotgan 1-toifali o‘qituvchilar ish haqi amalda 5,9 million so‘m. Oktyabrdan bu miqdor 6,7 million so‘mdan ortadi”, deya taʼkidladi vazirlik xodimi.
    Shohrux Ishonqulov
    Foto: “Daryo”

    — Hozir mamlakatda necha nafar pensioner bor? Pensiyalar miqdori 15 foizga oshishi ular hayot darajasiga qanday taʼsir qiladi?

    Davron Pozilov farmon qabul qilinishidan maqsad aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilganini taʼkidladi.

    “Pensiyalar 15 foizga oshirilishi respublikadagi 4 million 35 ming nafar pensioner pensiyasi oshirilishiga taʼsir qiladi. Masalan, yoshga doir eng kam pensiya miqdori amalda 800 ming so‘m bo‘lsa, farmon bilan 920 ming so‘mga yetkaziladi. Shu bilan birga, pensiyani hisoblash bazaviy miqdori ham 372 ming so‘mdan 428 ming so‘mga oshirildi. Bu degani endilikda 428 ming so‘mning 12 baravaridan kelib chiqib pensiya hisob-kitob qilinadi. Bunda fuqaroning o‘rtacha 5 million 200 ming so‘mga yaqin ish haqi pensiyani hisoblashda inobatga olinadi. Bu ham fuqarolar pensiyasini yanada yuqori hisoblanishiga imkoniyat yaratadi. Hozirda 2 million 200 ming nafar fuqaro yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan yuqori miqdorda pensiya oladi.

    1941–1945-yillarda urushda qatnashgan va boshqa baʼzi fuqarolarga uy-joy kommunal xizmatlari haqi uchun byudjet hisobidan kompensatsiya to‘lovlari to‘lanadi. Bu to‘lovlar pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foiziga teng, yaʼni 167 ming 400 so‘m. Bazaviy miqdor oshgani hisobiga mazkur to‘lov qiymati sentyabrdan 192 600 so‘mga yetadi. Kompensatsiyaning yana bir turi 186 ming so‘mdan 214 ming so‘mga oshiriladigan bo‘ldi”, dedi jamg‘arma xodimi.

    Davron Pozilov
    Foto: “Daryo”

    — Ijtimoiy tarmoqlarda qonunda 2024-yil uchun ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishiga 9,5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan bo‘lsa-da, undan kam mablag‘ berilayotgani haqida fikr bildirildi. Yoz fasli tugamasidan gaz oldi-sotdisi o‘rtasidagi zararni qoplash uchun byudjetdan bir yilga ajratilishi ko‘rsatilgan 9,5 trillion so‘mlik subsidiya ishlatib bo‘lindi. Faollar tomonidan ish haqi, pensiya yoki nafaqalar miqdori kamroq oshirilishiga gazga subsidiya yana qo‘shilishi mumkinligi taʼsir qilgan bo‘lishi mumkin, degan savol berilgan. Holatga izoh bersangiz?

    Shohrux Ishonqulov ish haqi, pensiya va nafaqalar qonunda belgilangan miqdorda oshirilganini aytdi.

    “2024-yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunda alohida qatorda ish haqi, pensiya, nafaqalar va ayrim turdagi xizmatlar tariflarining oshirilishi uchun 9,5 trillion so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Bu xarajatlar gaz oldi-sotdisidagi xarajatlardan mutlaqo boshqa yo‘nalishda. Qonunda 9,5 trillion so‘mdan 7,6 trillion so‘mi ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirishga, qolgan 2 trillion so‘mga yaqini issiqlik taʼminoti korxonalarimizga zararni qoplashga yo‘naltirilishi belgilangan.

    Tabiiy gaz tariflari oshirilishi gaz yoqib, suv qaynatadigan issiqlik taʼminoti korxonalari xarajatining tannarxini oshiradi. Aholiga issiqlikni yetkazish xizmati uchun belgilangan narx korxona xarajatlariga nisbatan ancha past. Shuni hisobga olib, yil boshida mana shu yo‘nalishga ham mablag‘lar rejalashtirib ketilgan. Demak, 2 trillion so‘mga yaqin mablag‘ issiqlik taʼminoti korxonalari zararini qoplashga yo‘naltiriladi”, dedi mutaxassis.

    O‘zbekistonda tabiiy gaz ishlab chiqarilgan qiymatidan past narxda sotilishi hisobiga ko‘rilgan zarar davlat byudjetidan qoplanadi. Shohrux Ishonqulovning taʼkidlashicha, gaz uchun subsidiya yil boshida belgilangan miqdordan oshirilmaydi.

    “Gaz subsidiyasi uchun yarim yilda bir yilga belgilangan miqdor, yaʼni 9,5 trillion so‘m ajratib bo‘lindi. Bu miqdor yil oxirigacha yana oshib boradimi, degan xavotirlar o‘rinsiz. Sababi gaz taʼminoti korxonasi zararlarini qoplash uchun rejalashtirgan 9,5 trillion so‘m oldindan o‘tkazib berildi. Yaʼni korxona yillik talabi oldindan moliyalashtirildi. Buning asosiy sababi aholi, sanoat, korxonalarga yetkazib beriladigan gaz uzilishlarini oldini olishdan iborat.

    Gaz taʼminoti korxonamiz gazni sotib olish va sotish bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, aholi va tashkilotlardan unga gaz to‘lovlaridan qaytadigan pul kechikishi mumkin. Oqibatda ularning moliyaviy oqimlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bu gaz sotib olishga bevosita taʼsir qiladi. Shuning oldini olish uchun subsidiya mablag‘lari oldindan o‘tkazib berildi. May oyida chiqqan tariflarning oshishi bilan bu korxonaning zarari kamayishi inobatga olingan. Yil oxirigacha gaz tarifi oshgani hisobiga o‘z xarajatlarini to‘liq qoplaydi. Qisqa qilib aytganda, korxonaga gaz oldi-sotdisi o‘rtasidagi salbiy farqni qoplash uchun yana qo‘shimcha subsidiya ajratmaymiz. Yillik belgilangan subsidiya ajratib bo‘lindi”, deya holatni izohladi vazirlik masʼuli.

    — Davlat tashkilotlarida ish haqi oshirilishi xususiy korxonalarga ham qandaydir signal beradimi?

    Shohrux Ishonqulov prezident farmonida bu masalaga doir alohida band borligini eslatdi.

    “Xususiy sektorda ishlovchi tashkilot xodimlari oyliklari qanaqa o‘zgarishi kerak? Ular bunga amal qilishi kerakmi, yo‘qmi? Farmonni asos qilib olishga majburmi, degan savol doim ko‘tariladi. Sizlar faqat byudjet tashkilotlari oyliklarini aytyapsizlar, boshqalarniki haqida gapirmayapsiz deyishlari mumkin. Farmondagi bandga ko‘ra, xususiy sektorda ish beruvchilarga xodimlar ish haqi miqdorini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilgan. Yaʼni byudjet xodimlari ish haqi necha foizga oshirilsa, xususiy sektorga ham xuddi shunday miqdorda oyliklarni oshirish tavsiya qilingan”, dedi u.

    — Farmon bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ham oshirildi. Bu qaysi to‘lovlarga taʼsir qiladi?

    Shohrux Ishonqulov BHM bir qator to‘lovlar miqdoriga bog‘langanini tushuntirdi.

    “Davlat byudjetining ayrim xarajatlari BHMga bog‘langan. Yaʼni BHM oshirilishi byudjetga qo‘shimcha 250 milliard so‘m atrofidagi xarajatlarni yuzaga keltiradi. Shundan eng katta qismi, yaʼni 80-90 foizi yetim bolalarni taʼlim jarayonidagi kunlik xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. BHM oshirilishi ularning ham kunlik xarajati amaldagi narx-navo yoki inflyatsiya darajasidan tushib ketmasligini oldini olishga yordam beradi. BHMning jarimalar, majburiy to‘lovlar yoki ayrim turdagi to‘lovlarga bog‘liqligi ham bor”, deydi direktor o‘rinbosari.

    Davron Pozilovning qo‘shimcha qilishicha, pensiyadan tashqari fuqarolarni ijtimoiy himoyasini mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha to‘lovlar ham joriy qilingan. Bu to‘lovlarning ayrimlari BHMga bog‘langan.

    “Fuqarolar uchun respublika oldida alohida xizmatlari uchun beriladigan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston xalq artisti” va boshqa unvonlar bor. Mazkur unvonlar uchun to‘lovlar miqdori ham BHMga bog‘langan”, dedi u.

    Shohrux Ishonqulov mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori asosan byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqini hisoblash uchun baza qilib olingan qiymat ekanini aytdi.

    “Xodimga lavozimidan kelib chiqib oylik to‘lashda qo‘shimcha rag‘batlantirish va boshqa hisob-kitoblar shu qiymat orqali amalga oshiriladi. Jarayon boshlanishi Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori. Qolgani uning foizlari bilan bog‘langan.

    Oldin yuritilgan eng kam ish haqi atamasi bo‘lardi. U pensiya uchun ham, jarima to‘lovlari va ish haqi uchun ham bitta qiymatda edi. Bir marta ish haqining oshirilishi jarimalarni ham teng baravar oshirilishiga olib kelardi. Bu eʼtirozlarga sabab bo‘lardi. Yoki fuqarolarni rag‘batlantirish uchun pensiya miqdorlarini qo‘shimcha oshirmoqchi bo‘lsak, bu ish haqiga ham, jarimalarga ham taʼsir qilardi. Shunday holatlarning oldini olish maqsadida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori alohida ajratilgan”, dedi mutaxassis.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    21.08.2024, 11:40   Izoh (0)   42083
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshgani maʼlum qilindi

    25.07.2024, 18:06

    O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p oylik olmoqda?

    26.07.2024, 19:14

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida yuqori oylik to‘lanayotgani ochiqlandi 

    29.07.2024, 12:35

    Pensiya va nafaqalar oshdi. Yangi to‘lovlar miqdori qanday bo‘ladi?

    13.08.2024, 18:10

    O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi miqdori oshiriladi

    13.08.2024, 13:05

    Davlat byudjeti taqchilligi ortishda davom etmoqda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    14.08.2024, 18:28

    “Eng ko‘p ovoz olgan hududga yangi bog‘cha quriladi” — “Mening bog‘cham” loyihasi haqida suhbat  

    17.08.2024, 21:10

    Aholi orasida daromadi oshishini kutayotganlar kamayib, xarajatlari o‘sishiga ishonganlar ko‘paydi — Markaziy bank

    19.08.2024, 21:26

    Xususiy sektorda 5 mln so‘mdan ko‘p oylik oladiganlar soni 1 mln nafardan oshdi  

    20.08.2024, 12:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.