• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Eng ko‘p ovoz olgan hududga yangi bog‘cha quriladi” — “Mening bog‘cham” loyihasi haqida suhbat

    2025-yilgi davlat byudjetidan bog‘chalar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida sarflanadi. Loyiha jamoatchilik fikri asosida amalga oshirilishi belgilangan. Dastlabki bosqichda yangi bog‘chalar qurilishiga urg‘u beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari Sirojiddin Qutliyev va Ulug‘bek Choriyev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda batafsil to‘xtaldi.

    “Mening bog‘cham” qanday loyiha? Undan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?

    Vazirlik bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Qutliyevning aytishicha, loyiha tajriba tarzida boshlandi.

    — Yangi “Mening bog‘cham” loyihasi orqali mamlakatda bog‘chalar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishda jamoatchilik ishtirokini taʼminlamoqchimiz. Bu byudjet mablag‘lari samarali sarflanishida muhim ahamiyatga ega. Hozirda loyihalar ishlab chiqilmoqda. Hukumatning 86-sonli rayosat bayoni bilan vaqtincha tartib yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, 2025-yildan boshlab bog‘chalarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi jamoatchilik ishtirokida yo‘naltiriladi, dedi mutaxassis.

    Foto: “Daryo”

    Loyiha doirasida ovoz berish jarayonlari qay tartibda bo‘ladi?

    Vazirlik yetakchi mutaxassisi Ulug‘bek Choriyev aholi portalga joylashtirilgan tayyor loyihaga ovoz berishini aytdi.

    — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan bog‘chalar ro‘yxatini “Ochiq byudjet” portaliga joylaydi. Fuqarolar tayyor loyihaga ovoz berishlari kerak bo‘ladi. Bunda aholi hududida yangi bog‘cha qurilishiga yoki bo‘lmasa, sharoiti og‘ir ahvoldagi bog‘chani rekonstruksiya qilishga ovoz beradi. Jarayonda bir fuqaro bir ovoz berish imkonga ega bo‘ladi. Portalda eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar g‘olib deb eʼlon qilinadi va 2025-yilgi investitsiya dasturiga kiritiladi, deydi Ulug‘bek Choriyev.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bergan maʼlumotlarga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda 37 548 ta bog‘cha faoliyat yuritmoqda. Shundan 6 867 tasi davlat bog‘chalari hisoblanadi. Yangi loyihani rejalashtirish jarayonida nechta davlat bog‘chasi rekonstruksiyaga muhtoj ekani o‘rganildimi?

    Suhbat davomida Sirojiddin Qutliyev nechta bog‘cha qurishga ehtiyoj borligi va sharoiti og‘ir ahvoldagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni haqida maʼlumot berdi.

    “ ‘Mening bog‘cham’ loyihasining dastlabki bosqichida yangi bog‘chalar qurishga eʼtibor qaratyapmiz. Hozir respublikaning 500 dan ortiq hududida yangi bog‘chalar qurishga ehtiyoj bor. Jami 6 867 ta davlat bog‘chalarining 20–25 foizi 30-40 yil ilgari qurilgan va rekonstruksiyaga muhtoj. Yana bir masala —hozir respublikada 100 dan ortiq moslashtirilgan (maktab yoki tashkilotlar binolari) bog‘cha binolari bor. Ularni buzib, qaytadan qurish kerak”, dedi vazirlik vakili.

     

    Sirojiddin Qutliyev
    Foto: “Daryo”

    Loyihaga ovoz berish jarayoni qachon boshlanadi va qancha mablag‘ ajratiladi?

    Ulug‘bek Choriyevning maʼlum qilishicha, loyiha doirasida maxsus onlayn platforma joriy yil 20-avgustgacha ishga tushiriladi.

    “Keyin hududlarda qurilishi belgilangan bog‘chalar ro‘yxati shakllantiriladi va ‘Ochiq byudjet’ portaliga joylanadi. Vaqtinchalik tartibga ko‘ra, 5–15-sentyabr kunlari loyihalarga ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi. Agar kunlari o‘zgarsa, qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, dedi mutaxassis.

     

    Ulug‘bek Choriyev
    Foto: “Daryo”

    Suhbatda Sirojiddin Qutliyev har bir tumandan uchtagacha bog‘cha qurish bo‘yicha loyihalar tanlab olinishini aytdi.

    “ ‘Mening bog‘cham’ loyihasi doirasida kelasi yili qurilishi rejalashtirilgan bog‘chalar uchun davlat byudjetidan 400 milliard so‘m atrofida mablag‘ ajratilishi kutilmoqda. Albatta, bu mablag‘ barcha hududlarga ehtiyoj darajasida bog‘chalar qurishga yetmaydi. Shuning uchun bog‘chaga ehtiyoj eng yuqori hududlarni saralab, mablag‘ ajratish choralari ko‘riladi. Muvofiqlashtiruvchi guruh masalaning barcha jihatlarini o‘rganmoqda. Hozirda bolalarni bog‘chalarga qamrov darajasi eng past hudud Qashqadaryo viloyati hisoblanadi. Toshkent shahrida esa yangi bog‘chalar qurish uchun 70 foiz joyda bo‘sh yer maydoni mavjud emas”, dedi vazirlik bo‘lim boshlig‘i.

    Yangi bog‘chalar qurilishida shaffoflik qanday taʼminlanadi?

    Ulug‘bek Choriyev onlayn portalda loyihalarni kuzatib borish tizimi ishga tushirilishini aytdi.

    “Fuqarolar g‘olib bo‘lgan loyiha amalga oshirilishi boshlanishidan yakunlangunga qadar bo‘lgan jarayonni onlayn kuzatish imkonga ega bo‘ladi. Qurilish davomida loyihalarga qancha mablag‘ ajratilayotgani ham ochiqlanadi. Jarayonda to‘liq jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga imkon beriladi”, dedi vazirlik vakili. 

    17.08.2024, 21:10   Izoh (1)   10532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. saidavazhon1961@gmail.com / 18.08.2024, 10:35

      Жамоатчилик фикри асосида амалга оширилади деган жойига қўшилмайман. Опен бюджетда кўрдик жамоатчилик фикрини. Уйма уй юриб, кучаларда тўхтатиб, бозорда динамиклар орқали чақириб, бошқа худудлардан телефон қилиб уша худудга умуман алоқаси бўлмаган Фуқароларнинг овози эвазига қанча ишлар амалга оширилди. Бу шармандаликдан бошқа нарса эмас.
      Бу лойиҳани амалга ошириш механизми нотўғри. Овоз берганларнинг қайси худудга алоқадорлигини хисобга олиш керак.
      Демократия, демократия деб, демократияни порнографияга айлантириб юборишяпти. Ҳар бир нарсада меъёр бўлиши керак.
      Дейлик бир худудда богча қилишмоқчи, яхши, лойиҳани ишлатишсин, бироқ бутун республика бўйича эмас, уша худудга алоқадор инсонларнинг овозлари хисобга олинсин.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Maktablarda 1,3 million nafar bolalarda turli kasalliklar aniqlandi” — sog‘liqni saqlash vaziri 

    30.07.2024, 13:25

    “Prezident sovg‘asi”ni tarqatish boshlandi. Bu yil 1-sinf o‘quvchilariga nimalar beriladi? 

    06.08.2024, 19:12

    Davlat byudjeti taqchilligi ortishda davom etmoqda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    14.08.2024, 18:28

    Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi 

    17.08.2024, 20:47

    Farg‘onada fuqaro IIO xodimiga qo‘l ko‘tardi 

    17.08.2024, 19:40

    Way ll: deyarli 105 milliardlik birinchi investitsion to‘plam sotuvi 15 daqiqada to‘liq yakunlandi

    17.08.2024, 19:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.