• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p oylik olmoqda?

    O‘zbekistonda bank va bir qator soha vakillari eng ko‘p, taʼlim hamda sog‘liqni saqlash xodimlari eng kam o‘rtacha oylik olmoqda. Bu haqda Statistika agentligi sharhida maʼlumot berildi.

    Infografika: Statistika agentligi

    Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahri (8,4 million so‘m) va Navoiy (6,6 million so‘m) viloyatida qayd etildi. 

    Yarim yil davomida mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib, 14,4 million so‘mni tashkil etdi. Axborot va aloqa sohasi vakillariga o‘rtacha 12,4 million so‘m, tashish va saqlashga 7,7 million so‘m, sanoat sohasida 6,2 million so‘m to‘langan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Taʼlim (3,5 million so‘m), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,3 million so‘m) sohalari o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha boshqa sohalardan quyi pog‘onalarda qolmoqda.

    O‘rta darajadan yuqori ish haqi oluvchilar

    Agentlik sharhida iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ayrim sohalardagi o‘rtacha oylik ish haqlari tahlil qilingan. Xususan, kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlari xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi eng yuqori — 17,6 million so‘mni tashkil etgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Majburiy ijtimoiy sug‘urtalashdan tashqari, qayta sug‘urtalash va nafaqa jamg‘armalari faoliyatida o‘rtacha oylik ish haqi 16,4 million so‘m bo‘lgan.

    Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyati xodimlari o‘rtacha 16 million so‘m oylik olgan. Shu bilan birga, quyidagi yo‘nalishlarda ish haqi o‘rtacha oylik miqdoridan yuqori bo‘lgan:

    • Axborot xizmati ko‘rsatish sohasi — 14,4 million so‘m;
    • Sug‘urtalash va nafaqa taʼminotidan tashqari moliyaviy xizmatlar —14,2 million so‘m;
    • Aloqa sohasi — 10,6 million so‘m;
    • Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 9,1 million so‘m;
    • Ombor xo‘jaligi va yordamchi transport faoliyati —8,8 million so‘m;
    • Oliy taʼlim — 8,1 million so‘m;
    • Elektr, gaz, bug‘ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash —7 million so‘m.
    Infografika: Statistika agentligi

    Yarim yil davomida bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etildi — 17,7 million so‘m. Shuningdek, Andijon (13,3 million so‘m) va Navoiy (12,6 million so‘m) viloyatlarida mazkur sohalardagi o‘rtachadan yuqori ish haqi to‘langan.

    Savdo sohasi bo‘yicha o‘rtacha ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi avtomobil, mototsikllar ulgurji va chakana savdosi, ularni taʼmirlash yo‘nalishida (6,9 million so‘m), eng past daraja avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdoda (5, 5 million so‘m) kuzatildi.

    O‘rtacha ko‘rsatkichdan kam ish haqi oluvchilar

    Yarim yil davomida taʼlim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 million so‘mni tashkil etgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Sohaning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy taʼlimda (8,1 million so‘m), eng past raqamlar maktabgacha taʼlimda (1,8 million so‘m) qayd etilgan.

    Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari o‘rtacha oylik ish haqini 3,5 million so‘mdan, texnik va professional taʼlim vakillari 3,6 million so‘mdan olgan.

    Taʼlim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (5,7 million so‘m), Namangan (3,5 million so‘m) hamda Toshkent viloyatlarida (3,4 million so‘m) kuzatilgan. Sohadagi eng past darajadagi o‘rtacha oylik ish haqi Qashqadaryoda — 2,9 million so‘mni tashkil etgan.

    Yanvar–iyun oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,3 million so‘mni bo‘lgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Sohada faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (4,1 million so‘m), Xorazm viloyati (3,6 million so‘m) hamda Qoraqalpog‘istonda (3,6 million so‘m) kuzatilgan. Eng past darajadagi o‘rtacha oylik ish haqi esa Qashqadaryoda to‘langan — 2,6 million so‘m.

    Shu bilan birga, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4,6 million so‘mni tashkil etgan. Mazkur sohada faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Samarqand viloyatida (5,2 million so‘m), eng past darajasi Sirdaryo viloyatida (1,5 million so‘m) bo‘lgan.

    Infografika: Statistika agentligi

    Yanvar—iyun oylarisa san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4,1 million so‘mni tashkil etdi. Sohada faoliyat turi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (5,9 million so‘m), eng past daraja Sirdaryoda (3 million so‘m) kuzatildi. 

    26.07.2024, 19:14   Izoh (0)   153883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi  

    20.03.2024, 19:55

    O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga subsidiya, kompensatsiya ajratish tartibi ishlab chiqildi

    09.06.2024, 14:35

    O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat migrantlari oqimi kamayishi mumkin

    17.06.2024, 09:45

    “Yoshlarga hamrohlik dasturi”ga kiritilganlar o‘qishni tamomlagach, davlat tashkilotiga tanlovsiz qabul qilinadi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi 

    12.07.2024, 16:58

    Iqtisodiy zonaga transformator, “Zamonaviy kasblar”ga ajratilgan millionlar, bir yildan buyon Navoiyga yetib bormagan yo‘ltanlamas — Senat hududlardagi o‘rganishla...

    18.07.2024, 22:30

    Maosh 10 mln so‘m: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda 

    19.07.2024, 16:15

    Maosh 1,5 ming dollar: O‘zbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda

    22.07.2024, 09:35

    Maosh 2,5 ming yevro: o‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinyapti 

    22.07.2024, 15:20

    Maosh 2,7 ming dollar: O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

    23.07.2024, 09:23

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshgani maʼlum qilindi

    25.07.2024, 18:06

    O‘zbekistondagi doimiy aholi soni maʼlum qilindi

    25.07.2024, 19:04

    O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?

    26.07.2024, 12:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.