• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sirli razvedkachi. Dunyoni yadroviy urushdan qutqarib qolgan Feklisov taqdiri

    1962-yilda Karib inqirozi tufayli yadroviy urush boshlanib, insoniyat halokatga yuz tutishi mumkin edi. Vashington va Moskva o‘rtasidagi dialog sabab buning oldi olinadi. Ammo har ikki davlatning yetakchilari ham birgina inson — polkovnik Aleksandr Feklisov bo‘lmaganida bir-biri bilan til topishishi juda qiyin kechgan bo‘lar edi.

    Aleksandr Feklisov
    Foto: Wikipedia

    1930-yillarda Moskva viloyatini asosan yog‘ochdan qurilgan uylar tashkil etardi. Tez-tez yuz beradigan yong‘inlar oqibatida ko‘plab uylar yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelgunga qadar odamlar o‘zlari alangani o‘chirishga harakat qilardi. Qishda, 20 daraja sovuqda yuz bergan shu kabi yong‘inlarning birida baland bo‘yli va kuchga to‘lgan bir yigit olov domidan bir necha ayol va bolalarni qutqarib chiqadi. Bu Aleksandr Feklisov edi. Oradan 30 yil o‘tgach u dunyoni yadroviy urushdan qutqarib qoladi.

    Feksilov 1914-yil 9-mart kuni moskvalik temiryo‘l ishchisi oilasida dunyoga keladi. Otasining izidan borib, mashinist yordamchisi bo‘lgunga qadar ushbu sohada ishlaydi. 1939-yilda Moskva aloqa muhandislari institutini tamomlagach, partiya uni NKVD maxsus maktabiga yo‘naltiradi.

    Yong‘indagi jasorati tufayli Feklisovning o‘ng qulog‘i butunlay eshitmay qolgandi. Organdagilar bundan xabardor edi, shunday bo‘lsa-da, mamlakat yangi razvedkachilar avlodiga ehtiyoj sezardi.

    Moskva viloyati o‘rmonlarida Feklisov razvedka qobiliyatlari asoslarini o‘rganadi. U yerda razvedkaga oid nazariyalar, odamlarni o‘ziga og‘dirib olish va kuzatuvdan qochish bo‘yicha saboq berilar edi. Xorijiy tillar va Morze alifbosini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etardi.

    O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan Feklisov SSSR Davlat xavfsizligi bosh boshqarmasining Xorijiy bo‘lim — Amerika bo‘linmasiga xizmatga joylashadi. Nyu Yorkda u Kalistrat taxallusi ostida bosh konsullikda stajyor sifatida ish boshlaydi.

    Xorijga uyushtirilgan birinchi xizmat safari uzoq cho‘zilib ketadi. 1941-yil 22-iyunda konsullik navbatchisi Feklisovni uyg‘otib, Germaniya Sovet Ittifoqiga hujum uyushtirganini ma’lum qiladi. Bosh konsul Viktor Fedyushin xizmatchilarga endilikda ular harbiy holatda ekanliklarini aytadi.

    “Rezidentura xodimlari sutkasiga 16-18 soatlab ishlardi. Hayot ish va uyqudan iborat bo‘lib qoldi. Vatanda omon qolish uchun urush ketayotgan bir paytda dam olishga odam uyalardi”, deb yozadi Feklisov o‘z memuarlarida.

    Atom razvedkasi

    Feksilov 1946-yilga qadar istiqbolli xorijliklarni “tarbiyalaydi” va razvedkaning ilmiy-texnik yo‘nalishiga rahbarlik qiladi. Kalistart Joel Barr va Alfred Saranta kabi muhandislar, shuningdek, er-xotin Yulius va Etel Rozenberglardan ma’lumotlar olib turardi.

    Yulius va Etel Rozenberglar
    Foto: AP Photo

    Natijada yangi turdagi radarlar, sonarlar, mo‘ljalga olish tizimlari, zenit radioportlovchilar, kompyuterlar va boshqa qurilmalar to‘g‘risida minglab varaqqa sig‘adigan maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi. Moskva shu orqali Amerikaning birinchi reaktiv qiruvchi samolyoti va suvosti kemalari uchun mo‘ljallangan radarlaridan xabar topadi.

    Bundan tashqari, Kalistrat yana bir asosiy vazifani — konsullikda radioaloqani ta’minlash bilan ham shug‘ullanardi. Bu oson emasdi. Chunki atrofni osmono‘par binolar qurshab olgan bo‘lib, signal qabul qilinishiga to‘sqinlik qilardi. Razvedkachi bu borada o‘z mahoratini ishga soladi: gorizontal antennalar uchun bambuk cho‘plaridan olti metrli muftalar yasaydi.

    1940-yillarning ikkinchi yarmiga kelib Feklisov Londonga yuboriladi va u yerda yangi taxallus oladi — Yujin. Sovet razvedkasi o‘shanda moddiy resurslar borasida Amerika va Britaniyadan ancha ortda etdi. Josuslik bo‘limi asosan ashaddiy kommunistlar orasida o‘zlariga sodiqlarni saralashga kirishadi. Ular orasida Manhetten loyihasi ishtirokchisi fizik Klaus Fuks ham bor edi.

    Olim g‘arb yadroviy qurol borasida monopoliya o‘rnatmasligi uchun Feklisovga maxfiy ma’lumotlarni berib turadi. Britaniya maxsus xizmatlari Fuksni 1950-yilda hibsga oladi. So‘roqlar bosim ostida o‘tkazilgan bo‘lsa-da, u Yujin haqida biror so‘z aytmaydi. To‘qqiz yillik qamoqdan keyin fizik Germaniyada ilm bilan shug‘ullanishni davom ettiradi.

    Yujin tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni sovet olimlari yuqori baholaydi. Akademik Igor Kurchatov sovet atom bombasining yaratilishida ilm-fan hamda razvedkaning xizmati teng ekanini ta’kidlagan edi. Feklisovning o‘zi esa qo‘lga kiritgan ma’lumotlari jarayonni tezlashtirganiga ishonardi.

    AQSHga tegishli Visoul esminetsi va sovetlarning “Ivan Polzunov” yuk tashuvchi kemasi
    Foto: AP Photo
    “Eng ishonchli va istiqbolli ilmiy-texnik axborot unumdor tuproqqa tushib, uning ahamiyati tushunilgandagina foyda keltiradi. Atom quroli to‘g‘risidagi ma’lumot bilan ham shunday bo‘ldi”, degandi Feklisov.

    Natijada ehtimoliy Uchinchi jahon urushining oldi olinadi. SSSR tomonidan 1949-yili Semipalatinsk poligonida o‘tkazilgan yadroviy sinov “Troyan” va “Dropshot” rejalarini buzib yuboradi. Bundan tashqari, Feklisov Moskvaga SSSRga qarshi urush boshlash va Yevropada NATO bazalarini yaratish haqidagi inglizlarning maxfiy ma’lumotini qo‘lga kiritadi.

    Diplomatiya kuchsiz bo‘lganda

    Vashingtonda, Oq uy qarshisida yuz yildan beri “Oksidental” restorani faoliyat yuritib keladi. U yerda bo‘lgan har bir kishi zal oxiridagi stolga e’tibor qaratmay qolmaydi. Stol devorga qoqilgan peshlavhadan boshqa hech narsasi bilan farq qilmaydi.

    “Kuba inqirozining keskin davrida ushbu stolda sirli ‘janob X’ va ABC telekanali muxbiri Jon Skali o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan. Ushbu uchrashuv sabab yadroviy urush xavfi bartaraf etilgan”,deyiladi yozuvda.

    “Janob X” Aleksandr Feklisov edi, ammo dunyo bundan keyinchalik xabar topadi. Avvaliga G‘arb uni sovet diplomati Fomin sifatida taniydi. Qahramonning haqiqiy ismi Rossiyada 1990-yillarga kelibgina oshkor etiladi.

    Fomin — Feklisov 1960—1964-yillarda Vashingtondagi josuslik bo‘linmasini boshqargan davridagi taxallusi, u rasman SSSR elchixonasida maslahatchi sifatida ishlardi. Skali bilan o‘rtasida do‘stona munosabatlar paydo bo‘lgan. “Skalining Amerika rahbariyatiga yaqinligi ma’lum edi. Davlat kotibi orqali u to‘g‘ridan to‘g‘ri aka-uka Kennedilarga chiqa olardi”, deya eslaydi KGB rahbari Vladimir Semichastniy.

    Feklisovning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy ham Fomin — sovet razvedkasining xodimi ekanini bilgan. Sodir bo‘lgan voqealardan bir necha oy oldin xoinlardan biri uni sotadi. 1962-yil 22-oktyabr kuni Skali bilan o‘tadigan nonushta odatdagidek kechishi kerak edi. Ammo barchasi boshqacha tus oladi.

    Fizik Klaus Fuks
    Foto: AP Photo

    Jurnalist Xrushchyovni AQSHga nisbatan tajovuzkor yo‘nalishda va Kennediga nisbatan nafratli munosabatda ekanida ayblaydi. Feklisov qarshilik bildiradi: Kreml va hukumat Amerika prezidenti haqida mutlaqo boshqacha fikrda ekanini aytadi.

    Suhbatdoshining holatidan xabardor Feklisov Kubaga qarshi bosim og‘ir oqibatlarga olib kelishi va Moskvani javob qaytarishga majburlashini ma’lum qiladi. U juda katta tavakkal qilayotgan edi — bu kabi suhbat uchun yuqoridan ruxsat talab etilardi. Shunga qaramay, razvedkachi aniq va ishonch bilan gapiradi.

    “Bilasanmi Jon, agar jangga minglab sovet tanklari kirib kelsa, osmondan esa samolyotlar hujum boshlasa, ular o‘z yo‘lidagi barcha narsani yakson qiladi. Bundan tashqari, GDR qo‘shinlari sovet diviziyasining hujum harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘ylaymanki, ularga Amerika, Fransiya, Angliya garnizonlari qarshiligini yorib o‘tib, G‘arbiy Berlinni egallashga 24 soat bemalol yetadi”, deydi u Skaliga.

    Amerikalik uning aytganlarini e’tiborga olib, Feklisovdan kechqurun Kennedining telemurojaatini tomosha qilishni so‘raydi. Skali zudlik bilan suhbat mazmunini Oq uyga yetkazadi. Efir vaqtida prezident Kubada sovet yadroviy raketalari borligini ma’lum qilib, orolga nisbatan blokada e’lon qiladi.

    Hal qiluvchi tashabbus

    Feklisov bilan keyingi suhbatda Skali prezident nomidan gapiradi. Vashington sovet jangovar kallaklarini BMT nazoratiga qaytarish evaziga blokadani yechish va Kubaga hujum qilmaslik va’dasini beradi. Feklisov “xalqaro kuzatuvchilar hamrohligida AQSH Floridadagi qo‘shinlarini olib ketsa adolat nuqtayi nazaridan to‘g‘ri bo‘ladi”, deydi. Amerikalik bu masalada qaror qabul qilish uchun vaqt kerakligini aytib, bildirilgan taklifni Moskvaga yetkazishini so‘raydi.

    AQSH prezidenti Jon Kennedi hamda SSSR Vazirlar kengashi raisi Nikita Xrushchyov Venada, 1961-yil
    Foto: AP Photo

    Feklisov tegishli telegrammani yuborish uchun elchi Anatoliy Dobrininga murojaat qiladi. Diplomat rad etadi — muzokaralar o‘tkazish uchun uning vakolati yo‘q edi. Shunda razvedkachining o‘zi tashabbus ko‘rsatib, KGB tarmog‘i orqali xabarni jo‘natadi.

    Xabar to‘g‘ri Xrushchyovga yetib boradi, ammo olti soatlik kechikish bilan. Bu vaqtda Karib dengizidagi har qanday mojaro oldini olib bo‘lmas oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Biroq barchasi yaxshi kechadi. Kremldan ijobiy javob keladi. “Skalining kanali — Fomin” urushni to‘xtatadi.

    Bir haftadan keyin Feklisov va Skali inqirozga barham berilganini Vashingtondagi fransuz restoranlarining birida nishonlaydi. Jurnalist o‘z hisobidan sovet razvedkachisini eng yaxshi vinolar bilan mehmon qiladi. Oq uy matbuot kotibi Pyer Selinjer o‘z memuarlarida qayd etishicha, Fominni mukofotlash tashabbusi shaxsan Kennedidan chiqqan.

    AQSH davlat kotibi Din Achenson Shimoliy Atlantika shartnomasini imzolamoqda, 1949-yil 4-aprel
    Foto: AP Photo

    “Inqirozni Kennedi va Xrushchyov bartaraf etdi, biz esa kichkina odamlarmiz. ‘Oksidental’ restoranida bo‘lib o‘tgan suhbat tinchlik o‘rnatish yo‘lini tezroq topish kerakligiga turtki bergan xolos”, deya eslaydi oradan 30 yil o‘tgach Feklisov.

    Karib inqirozidan ikki yil o‘tib Feklisov SSSRga qaytadi va keyingi 10 yil umrini KGB institutida dars berishga sarflaydi. 1974-yilda, 35 yillik xizmatidan keyin u pensiyaga kuzatiladi. 1996-yilda Feklisov Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi. Mukofot Karib inqirozini bartaraf etgani uchun emas, atom loyihasi yo‘lida to‘plagan ma’lumotlari evaziga beriladi. 2007-yili Aleksandr Feklisov 93 yoshida vafot etadi.

    17.08.2024, 18:04   Izoh (0)   19955
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘aroyib Klementina: Uinston Cherchillning rafiqasi qanday qilib Angliyani, oilasi va bosh vazirni qutqargan edi?

    14.07.2024, 11:31

    Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi “besh kunlik urush”ga 16 yil to‘ldi. Janubiy Osetiya mojarosiga oid asosiy savollar

    08.08.2024, 15:59

    “Atom bombasining cho‘qintirgan otasi” — SSSRdagi atom loyihasi rahbari Kurchatov taqdiri

    10.08.2024, 19:31

    Eron Isroildan qasos olishni kechiktirishi mumkin — NYT 

    17.08.2024, 16:58

    O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi 

    17.08.2024, 15:10

    BMT G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlar chog‘ida 115 dan ortiq chaqaloq halok bo‘lganini ma’lum qildi

    17.08.2024, 10:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.