• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi “besh kunlik urush”ga 16 yil to‘ldi. Janubiy Osetiya mojarosiga oid asosiy savollar

    Bundan 16 yil oldin, 2008-yil 8-avgust kuni shundoq ham keskin tus olgan gruzin-osetin mojarosi yanada alangalandi. Gruziya qurolli kuchlari Sxinvalini o‘qqa tutib, shaharni shturm bilan egallashga urindi. Bu vaqtda Sxinvaliga Rossiya qo‘shinlari joylashtirilgan edi: mamlakat prezidenti Dmitriy Medvedev tinchlikni ta’minlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi va respublikaga Rossiya bo‘linmalarini yubordi. Shundan so‘ng Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Janubiy Osetiyada “konstitutsiyaviy tartibni” o‘rnatishga kirishdi.

    Gruzin Gorining o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan qarindoshi jasadi uzra yig‘lamoqda, Tbilisi, 9-avgust
    Foto: Reuters

    Gruzin-osetin mojarosi tarixi

    Janubiy Osetiya 1988—1989-yillarda Gruziya SSRda yuz bergan norozilik namoyishlari fonida mustaqillikka erishishga intila boshladi. Tbilisi ko‘chalari “Gruziya gruzinlar uchun” shiori yozilgan plakatlarni ko‘targan yoshlarga to‘lib ketdi, ular Abxaziya, Janubiy Osetiya va Ajdariya muxtoriyatlarini tugatish hamda ularning ta’lim tizimini gruzin tiliga to‘liq o‘tkazishni talab qilardi. Namoyish yetakchilaridan biri Zviad Gamsaxurdiya edi.

    1989-yil 18-mart kuni Lixni qishlog‘ida o‘tkazilgan 30 ming kishilik mitingda abxazlar sovet hukumatidan Abxaziyani Gruziyadan ajratishni talab qiladi. Bunga qadar separatistik kayfiyatini namoyish etmagan Janubiy Osetiya ham uning ortidan ergashadi. Avtonomiya to‘g‘ridan to‘g‘ri ittifoq boshqaruvi ostiga o‘tishni so‘raydi.

    1990-yilda Gruziya SSRda Zviad Gamsaxurdiyaning “Aylana stol — ozod Gruziya” partiyasi g‘alaba qozonadi. Uning siyosiy yo‘nalishi SSSRdan ajralib chiqishga qaratilgan edi. Shu yilning o‘zida Janubiy Osetiya suverenitet to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qiladi va sovet hukumatidan mustaqilligini tan olishni talab qiladi, natijada bu Gruziya tomoni bilan to‘qnashuvlarni yuzaga keltiradi.

    Zviad Gamsaxurdiyaning siyosati tezda kuchsizlanib, u hokimiyatdan chetlatiladi, uning o‘rnini egallagan Eduard Shevarnadze esa gruzin-osetin-abxaz masalasini kuch bilan hal etishga kirishadi. Janubiy Osetiyada jangovar harakatlar 1992-yilda Rossiya bosimi ostida yakunlanadi, bahsli hududga tinchlikparvar kuchlar kiritiladi. O‘shanda respublikada mustaqillik va kelajakda Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi.

    Bu to‘laqonli urush edimi? Kim kim bilan urishgan edi?

    Rossiyada 2008-yil avgust voqealarini “Janubiy Osetiya bilan qurolli mojaro” deb atashadi. G‘arbda esa bunga Rossiya—Gruziya urushi deya ta’rif beriladi. Jangovar harakatlarning aktiv fazasi besh kungina davom etganiga qaramay, bu Yevropa qit’asida XXI asrda sodir bo‘lgan birinchi urush hisoblanadi.

    Foto: Meduza

    Jangovar harakatlarda bir tomondan Gruziya qurolli kuchlari ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan — tan olinmagan Janubiy Osetiya va Abxaziya respublikalari hududlariga joylashtirilgan Rossiya qo‘shinlari o‘rin oldi. SSSR vaqtida ushbu respublikalar Gruziya tarkibiga avtonom viloyat sifatida kiritilgan edi, Sovet Ittifoqi parchalangach esa yangi gruzin davlatidan ajrab chiqishga urindi. Mustaqillik uchun kechgan urush davrida Rossiya separatistlarni qo‘llab-quvvatladi; natijada ikkala mojaro ham “muzlatildi”: Gruziya o‘ziniki deb hisoblagan Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlariga xalqaro tinchlikparvar kuchlar joylashtirildi. Harbiy kontingent tarkibidan Janubiy Osetiya, Abxaziya, Rossiya va Gruziya harbiylari o‘rin oldi.

    Mojaro 15 yilga “muzlatilgan” bo‘lsa, nima uchun kutilmaganda urush boshlandi?

    Gruziya va Janubiy Osetiya o‘rtasidagi mojaro 2004-yilda, hokimiyat tepasiga Mixail Saakashvili kelganidan keyin yangi bosqichga chiqdi. Mamlakat prezidentiga aylangan Saakashvili tan olinmagan respublikalarni Gruziya tarkibiga qo‘shish sharti orqali mojaroni hal etishga urindi, Janubiy Osetiya rahbariyati esa buni rad etdi. 2004-yil avgustida chegarada qurolli to‘qnashuv yuz berdi, 2006 va 2007-yillarda Gruziyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyani bo‘ysundirishga bo‘lgan urinishlari yangi inqirozlarni yuzaga keltirdi. 2008-yilda tan olinmagan respublikalar rahbarlari Rossiyaga rasman murojaat qilib, ko‘plab G‘arb davlatlari Kosovo mustaqilligini tan olganini bildirdi va o‘zlarining ham mustaqil ekanini tan olishlarini so‘radi.

    Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev gruziyalik hamkasbi Mixail Saakashvili bilan birga, 2008-yil 6-iyun
    Foto: Reuters

    Bir vaqtning o‘zida 2004-yildan boshlab Rossiya—Gruziya munosabatlari yomonlasha boshladi — bunga birinchi navbatda Saakashvilining Gruziyani NATOga a’zo qilish rejasi sabab bo‘ldi; Rossiya Gruziya xorijlik tinchlikparvar kuchlar yordamida Janubiy Osetiya va Abxaziya ustidan nazoratni o‘rnatishi mumkinligidan xavotirga tusha boshladi.

    2006-yildan boshlab Rossiya OAV Gruziyaning tan olinmagan respublikalarni egallash rejasi haqida bong urishga kirishdi, 2007-yil boshida esa Rossiya Qurolli kuchlar bosh shtabi Gruziya bosqiniga qarshi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. 2008-yil aprelida Rossiya Abxaziyaga qo‘shimcha qo‘shin yubordi, shuningdek, Gruziyani tan olinmagan respublikalar hukumatlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatishda ayblab, diplomatik munosabatlarni uza boshladi (o‘zi 2000-yillar boshidan Abxaziya va Janubiy Osetiyaning ko‘plab fuqarolari Rossiya pasportini olishi mumkin edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu imkoniyatdan Abxaziyaning 80 foiz, Janubiy Osetiyaning esa 90 foiz aholisi foydalangan).

    Kim birinchi boshladi?

    Mojaroga taalluqli eng murakkab savollardan biri. Harbiy harakatlar rasman 2008-yil 8-avgust kuni Gruziya qo‘shinlari Janubiy Osetiya poytaxti Sxinvalini o‘qqa tutishidan boshlandi. Ammo qurolli to‘qnashuvlar hamda Gruziya va Janubiy Osetiya chegarasidagi mojarolar kamida iyul oxirlaridan boshlangan edi, xususan, Janubiy Osetiya tomonidan gruzin qishloqlariga artilleriyadan o‘t ochildi. Gruziya buni 1992-yilda imzolangan yarashuv bitimlarini buzish deb baholadi. Shu bilan birga, Gruziya tomonidan ham o‘t ochildi; har ikki tomon ham yarashuvni buzishda bir-birini ayblaydi.

    Rossiya Gruziyada “tinchlik o‘rnatish operatsiyani”ni e’lon qilib, 8-avgust kuni mojaroga qo‘shiladi — ayrimlar rus qo‘shinlari Janubiy Osetiyaga 7-avgust kuni kirganini ta’kidlaydi, ya’ni ular Sxinvali o‘qqa tutilishidan oldin chegarani kesib o‘tgan.

    Rossiya qo‘shinlari nima uchun Gruziyaga bostirib bordi?

    Janubiy Osetiya va Gruziya o‘rtasidagi tinchlikparvar kuchlarning chegara zonasi, 2008-yil 5-aprel
    Foto: “RIA Novosti”

    Operatsiyaning rasmiy maqsadi “tinchlikparvar kuchlar hamda fuqarolarning tinchligini ta’minlash” edi. Operatsiyani boshlashga gruzin qo‘shinlarining harakati oqibatida rus tinchlikparvar kuchlari, shuningdek, Rossiya fuqarolari jabrlangani sabab bo‘lgan (keyinchalik Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Gruziya mintaqada inqirozni yuzaga keltirib, minglab rus fuqarolarini o‘z uylarini tashlab ketishga majburlaganini aytgan). 8 va 9-avgust kunlari Rossiya qurolli kuchlari artilleriya va aviatsiya hamrohligida Janubiy Osetiya hududi bo‘ylab harakatlanib, Gruziyaga zarbalar bera boshlaydi. 9-avgust kuni Sevastopoldan Qora dengizga Rossiya harbiy-dengiz kuchlariga qarashli kemalar chiqadi.

    11-avgust kuni Rossiya qo‘shinlari Abxaziya va Janubiy Osetiya tomonidan Gruziya ichiga bostirib kiradi. Rossiyalik harbiylar bir nechta gruzin aholi punktlarini, jumladan, Poti va Gori portlarini egallaydi. Ertasi kuni Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev harbiy operatsiya yakunlanganini, dushman tarafning qurolli kuchlari ishg‘ol etilgani, tinchlikparvar kuchlar va aholining xavfsizligi ta’minlangani, bosqinchi esa “jazolanib, katta yo‘qotishlarga uchraganini” e’lon qiladi. Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining harakati, o‘qqa tutishlar va aviazarbalar 12-avgust oxiriga qadar davom etadi.

    Nima uchun Tbilisi egallanmadi?

    Bu holatda xalqaro hamjamiyat Rossiyaning harakatini to‘liq qoralardi. Mojaro boshlanishi bilan xalqaro hamjamiyat urishayotgan tomonlarni yarashtirishga urindi, xususan, Moskvaga o‘sha vaqtda Yevropa Kengashi raisi bo‘lgan Nikolya Sarkozi uchib keldi. Sarkozi Moskvaga yarashuv rejasini taqdim etdi, unga ko‘ra, o‘t ochish to‘xtatilishi, Rossiya va Gruziya qo‘shinlari chaqirib olinishi, shuningdek, Abxaziya va Janubiy Osetiya uchun xalqaro xavfsizlik kafolati yaratilishi kerak edi. Reja Medvedev tomonidan ma’qullanadi, ammo faqat 16-avgustdagina imzolanadi — bu vaqtga kelib hujjatga tan olinmagan respublikalar va Gruziya rahbarlari o‘z imzolarini qo‘yib bo‘lgandi.  

    Rossiya artilleriyasi gruzin pozitsiyalarni o‘qqa tutmoqda, 2008-yil 9-avgust
    Foto: Reuters

    Shuningdek, versiyalardan biriga ko‘ra, Rossiya yarashuv shartlarini AQSH bosimi ostida qabul qilgan — prezident Jorj Bush Tbilisiga davlat kotibi Kondoliza Raysni yuborgan, Pentagon esa Gruziyaga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyani boshlagan. Natijada Amerika samolyotlari va harbiy kemalari Gruziya tomon yo‘l olgandi.

    Rossiya g‘alaba qozondimi?

    Son jihatdan raqib tomondan bir necha barobar ko‘p bo‘lgan Rossiya qurolli kuchlari Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlaridan gruzin harbiylarini osonlikcha quvib chiqardi. Bundan tashqari, Rossiya bir nechta maqsadlariga erishdi: o‘zining xalqaro maydondagi pozitsiyasiga deyarli zarar yetkazmagan holda qisqa vaqt ichida Gruziyada nazorat o‘rnatdi, shuningdek, mamlakatning NATOga a’zoligini noma’lum muddatga kechiktirdi.

    Rossiya uchun diplomatik oqibatlar Yevropa Ittifoqi va NATO tomonidan “muzlatilishlar” vaqtincha — 2009-yilning kuzigacha davom etdi.

    Foto: “TASS”

    Urush Rossiya armiyasi texnik jihatdan yomon ta’minlanganini oshkor qildimi?

    Mojaro davomida harbiylarning kommunikatsion vositalar bilan juda yomon jihozlangani ma’lum bo‘ldi. “Komsomolka” maxsus muxbiri Aleksandr Kos shunday eslaydi: 58-armiya qo‘mondoni general Anatoliy Xrulyov bir safar qo‘shinlar bilan aloqa o‘rnatish uchun undan tahririyatning sun’iy yo‘ldosh orqali ishlaydigan telefonini so‘rab turgan. Bundan tashqari, jangovar harakatlar zonasida Amerikaning GPS tizimi o‘chirib qo‘yilgan va harbiylar navigatsiyasiz qolib ketgan — mahalliy GLONASS tizimi esa 2010-yilga kelibgina yaratiladi. Kommunikatsiyadagi muammolar sabab ko‘p marta o‘zlarinikiga qarata o‘t ochishga to‘g‘ri kelgan (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro yuz bergan kunlarda yo‘qotilgan oltita Rossiya samolyotining uchtasi rus va Janubiy Osetiya harbiylari tomonidan urib tushirilgan).

    2008-yil oktyabrda Rossiya mudofaa vazirining qurollanish bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Popovkin avgust voqealari qo‘mondonlikni “bugungi qurolli kuchlar holatini qayta ko‘rib chiqishga” undaganini ma’lum qiladi. 14-oktyabr kuni Rossiya qurolli kuchlarida keng ko‘lamli islohotlar boshlanadi.

    G‘arb nima uchun avvaliga Rossiyani qoraladi, keyin esa uni aybsiz deb topdi?

    Rostdan ham xalqaro hamjamiyat avvaliga Gruziya tomonida bo‘lgan — Mixail Saakashvili shaffof siyosatchi sifatida tanilgan, AQSH va Yevropada mashhur edi. Buni yaxshi tushungan Rossiya hukumati harbiy operatsiya bilan bir vaqtda mediada ham kampaniya boshlaydi — xususan, Rossiya qo‘shinlariga jurnalistlar hamrohlik qiladi, harbiy qo‘mondonlik matbuotga intervyular va izohlar berishni boshlaydi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, axborot urushini ta’minlash uchun Kreml katta  mablag‘ sarflaydi, ammo yakunda media kampaniya yutqazadi: jahon OAV urushda Rossiyani bosqinchi sifatida yoza boshlaydi.

    2008-yil dekabrda Yevropa Ittifoqi huzurida mojaroga olib kelgan holatni tergov qilish bo‘yicha mustaqil komissiya tuziladi. 2009-yil sentyabrda komissiya yakuniy hisobotni e’lon qiladi, unda harbiy harakatlar boshlanishida javobgarlik Gruziya zimmasida ekani bildiriladi. Ammo Rossiya ham oxirgi oylarda “ko‘p sonli provokatsion aktlarni” amalga oshirgani qayd etiladi.

    Nikolya Sarkozi va Dmitriy Medvedev Janubiy Osetiyadagi mojaroni hal etishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida, 2008-yil 12-avgust
    Foto: “RIA Novosti”

    Saakashvili AQSH yordamiga umid qilganmidi?

    Harbiy harakatlar boshlanishidan oldin Mixail Saakashvili AQSH qo‘llab-quvvatloviga ishongani haqidagi versiya jahon matbuotida keng muhokama qilinadi. Xususan, o‘sha vaqtdagi Rossiya bosh vaziri Vladimir Putin 2008-yil avgust oxirida Janubiy Osetiyadagi urush amerikalik respublikachilarga kerak bo‘lgani, bu orqali ular prezidentlikka nomzod Jon Makkeynning reytingini ko‘tarmoqchi ekanini ma’lum qildi.

    Amerikaning yetakchi OAVlari (ular orasida Newsweek va The New York Times ham) ko‘plab manbalariga tayanib, AQSH hukumati harbiy operatsiya o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida biror isbot yo‘qligi haqida yoza boshlaydi. Aksincha, amerikalik amaldorlar Saakashviliga mojaroga aralashmaslikni maslahat bergan. Shu bilan birga, Saakashvili harbiy harakatlar boshlansa, AQSH yordam berishiga ishongan bo‘lishi istisno etilmaydi — The New York Times mualliflariga ko‘ra, Gruziya prezidenti amerikalik siyosatchilarning bayonotini noto‘g‘ri tushungan bo‘lishi mumkin.

    Sxinvali aholisi yangiliklarni tomosha qilmoqda, 2008-yil 13-avgust
    Foto: “RIA Novosti”

    Urush oqibatida Abxaziya va Janubiy Osetiya nimani yutdi?

    2008-yil voqealari har ikki respublika hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Mojaro zonasida qolib ketgan o‘n minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Qisman tan olingan har ikki davlatning ham iqtisodiyoti Rossiyaga qarab qoldi, chunki urushdan keyin Gruziya bilan barcha aloqalar uzildi.

    Urush tugaganidan ko‘p o‘tmay, 2008-yil 26-avgust kuni Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyani mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi — Dmitriy Medvedev buni Rossiya parlamentining har ikki palatasiga murojaatida e’lon qildi. Shundan buyon respublikalar mustaqilligini yana bir nechta davlat tan oldi: Nikaragua, Venesuela, Nauru va Suriya. Ammo Abxaziya va Janubiy Osetiya fuqarolari o‘z respublikalarining pasportlari bilan yuqorida nomi keltirilgan davlatlardan boshqa birortasiga bora olmaydi.

    08.08.2024, 15:59   Izoh (0)   13623
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Haqiqat yoki gulxan: bid’atchiga aylangan Galileo Galiley taqdiri

    16.06.2024, 11:44

    G‘aroyib Klementina: Uinston Cherchillning rafiqasi qanday qilib Angliyani, oilasi va bosh vazirni qutqargan edi?

    14.07.2024, 11:31

    “Mijoz doimo haq” shiorini o‘ziga qo‘llanma qilib olgan daho haykaltarosh — Mikelanjeloning hayot yo‘li

    28.07.2024, 18:10

    Yaponiyaning ikki hududida 7 balli zilzila ro‘y berdi

    08.08.2024, 15:32

    “O‘zingizni tutishni o‘rganing” — Xitoy Olimpiya o‘yinlari muxlislariga tanbeh berdi

    08.08.2024, 14:03

    Rossiya Kurskni himoya qilish uchun Afrikadan “Vagner”ni olib kelmoqda 

    08.08.2024, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyada 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    Dunyo | 9 iyun, 10:09

    2025-yilda ota bo‘lgan mashhur erkaklar

    Kino | 9 iyun, 09:53

    Ronaldu: “Yo‘lning boshida emasman, oxiriga yaqinman”

    Sport | 9 iyun, 09:52

    O‘zbekiston va Shvetsiya onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 09:15

    Fransiya Ukrainada dron ishlab chiqaradi

    Dunyo | 9 iyun, 08:54

    Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 9 iyun, 08:02

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.