O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida bo‘lib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.
“Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi mavjud vaziyat munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, o‘ta zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikni, shuningdek, odamlar ko‘p yig‘iladigan jamoat joylariga bormaslikni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.
Qolaversa, ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy ta’lim formatiga (onlayn) o‘tish maslahat berildi.
“Agar sizga konsullik yordami yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasining Konsullik bo‘limining Call-markaziga: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76 yoki uzkorus@mail.ru elektron pochta manzili orqali murojaat qilish mumkin”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)