• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    G‘aroyib Klementina: Uinston Cherchillning rafiqasi qanday qilib Angliyani, oilasi va bosh vazirni qutqargan edi?

    Britaniyaning birinchi xonimi va Uinston Cherchillning rafiqasi favqulodda g‘aroyib ayol edi. U doim panada turar, ammo uning uzoqni ko‘ra bilishi va diplomatiyasi erining muvaffaqiyati asosini tashkil etardi. Quyida qanday qilib Klementina tezda qizishib ketadigan turmush o‘rtog‘ining o‘tmishini “tozalagani”, Britaniya taqdirini qutqargani va Cherchilldan ancha oldinroq Sovet Ittifoqi bilan do‘stona aloqalarga kirishgani haqida hikoya qilamiz.

    Klementina Cherchillning yoshligi
    Foto: Marieclaire

    1909-yil. Kunlarning birida Britaniya parlamenti aʼzosi yosh rafiqasi Klementina bilan birga Bristoldagi vokzalga mahalliy partiya aʼzolari bilan uchrashgani keladi. Biroq kutilmaganda perronda saylovga qarshi namoyishga chiqqan ayollardan biri Uinston Cherchillga o‘z ayblovlari bilan tashlanib qoladi. Britaniyalik siyosatchi avvallari ayollarning ovoz berish huquqlariga qarshi chiqishlar qilgani bois, mamlakatning ko‘plab xotin-qizlari nafratiga uchragan edi. Klementina erining ayollar harakati vakilasiga qarshi dahanaki jangi haqiqiy janjalga aylanib ketayotganini ko‘zlaridagi dahshat bilan kuzatardi. Qaysidir onda norozi ayol erkak tomon qadam tashlab, uning ko‘kragidan itarib tashlaydi. Kutilmagan harakatdan Uinston Cherchill orqasida turgan yuk chamadonlariga turtilib ketadi va yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga yiqilib tushishiga bir baxya qoladi. Klementina zudlik bilan harakat qiladi: u yuklarni irg‘itib yuborib, erining kostyumidan qattiq tortadi va uning hayotini saqlab qoladi.

    Bu Klementina turmush o‘rtog‘ining hayotini saqlab qolgan yagona holat emas. 57 yil davom etgan nikohda u erini bir necha bor ko‘ngilsiz vaziyatlarda olib chiqadi — bu xoh siyosiy vaziyat bo‘lsin, xoh shaxsiy muammolar — yelkama-yelka turib, ayol unga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatib keldi. O‘zini xotirjam tutishiga qaramay, Klementina kuchli irodaga ega edi va Britaniya bosh vazirining taqdirini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanardi.

    “Hayotim davomida erishga eng katta yutug‘im rafiqamni menga turmushga chiqishiga ko‘ndirganimda”, — deya tan olganda Uinston Cherchill.
    Uinston va Klementina, 1908-yil
    Foto: Wikimedia Commons

    Klementinaning bolaligi

    Klementina Cherchillning hayoti — bu murakkab kechgan bolalik sabab parchalangan yuraklardan yig‘ilgan muvaffaqiyat tarixi. U aristokratlar oilasida dunyoga kelgan bo‘lsa-da, uyi muntazam g‘avg‘olardan chiqmas edi. Klementinaning ota-onasi bir-birini xiyonatda ayblar, deyarli har kuni bolalar ko‘z o‘ngida janjal ko‘tarardi. Oxir-oqibat farzandlarining haqiqiy otasi emasligiga ishonch hosil qilgan oila boshlig‘i narsalarini yig‘ishtirib, uydan chiqib keladi. Bu vaqtda Klementina endi olti yoshga to‘lgandi.

    Moliyaviy muammolar ortidan ijtimoiy qiyinchiliklar ham yuzaga kela boshlaydi. Odatda Klementina kabi aristokratlarning farzandlari o‘smirligidan ommaga o‘zini namoyish etishni boshlaydi, biroq qizning onasi o‘zining yomon “shuhrati” bois uni uyda o‘tirishga majbur qiladi. 2002-yilda Klementinaning qizi o‘z intervyusida onasining hayotidagi ushbu davr eng qiyin kechganini taʼkidlagan.

    Ijtimoiy izolyatsiyada qolgan qiz yuragida bir umrlik chandiqni qoldirgan boshqa bir fojiaga duch keladi. 16 yoshida ich terlama sabab uning Kitti ismli singlisi vafot etadi. Bu voqeadan keyin ayriliq dog‘iga chiday olmagan ona Klementinani badavlat xolasinikida yashashga yuboradi. Ota uyi bilan xayrlashar ekan qiz boshqa bu yerga hech qachon qaytib kelmasligini bilmasdi.

    Klementinaning xolasi oqko‘ngil va zamonaviy ayol bo‘lib, jiyaniga nafaqat boshpana beradi, balki uning yuqori doiralarda ham o‘zini ko‘rsatishiga imkoniyat yaratadi. Qiz ommaviy tadbirlarda ko‘rinish berib, barchada ijobiy taassurot qoldirardi. 1904-yilda esa 19 yoshli Klementina o‘zidan o‘n yosh katta Uinston Cherchill bilan tanishadi. Britaniya parlamentining bo‘lajak aʼzosi haddan tashqari siyosiy ambitsiyalar va Ikkinchi ingliz—burlar urushida asirlikdan qochgani bilan tanilgandi. Umuman olganda u birinchi uchrashuvda Klementinaning eʼtiborini qozonmaydi. Uinston juda tortinchoq bo‘lib, yosh qizlar oldida esa faqat qizargancha og‘iz ocha olmasdi. Klementina unga yoqib qolganini his qiladi, ammo yigit uni hatto raqsga ham taklif qilmaydi.

    “Uinston faqat menga qarab turardi. U bir og‘iz ham so‘z aytmas va juda beo‘xshov edi”, — deya eslaydi ayol.
    Foto: Wikipedia

    “Uinstonni birinchi marta uchratganingizda siz faqat uning kamchiliklarini ko‘rar edingiz. Keyin esa qolgan umringiz davomida uning faqat fazilatlarini ochib borasiz”, — degan edi Britaniya rezidentining qizi Pamela Plouden.

    Klementina va Uinston shu bilan oradan to‘rt yil o‘tgach mehmondorchilikda uchrashib qoladi. Bu safar erkak o‘zida jurʼat topadi. Keyingi bir necha oy davomida u qizga g‘amxo‘rlik qiladi va 1908-yilda uning qo‘lini so‘raydi.

    Juftlikning bir-biriga o‘xshash jihatlari ko‘p edi. Suyuklisi kabi Uinstonning ham bolaligi og‘ir kechgandi. U ota-onasi tomonidan hech qachon mehr ko‘rmagan, enagasini yagona yaqin insoni sifatida hisoblab kelardi. Ammo yosh yigit kuchli irodaga ega bo‘lib, qanday bo‘lmasin muvaffaqiyatga erishishni niyat qilgandi. U muntazam qarzga botib ketsa-da, yaxshigina siyosiy karyera quradi. Yosh bo‘lishiga qaramay parlamentga kirib borib, jangovar yutuqlari sabab hamkasblari hurmatini qozonadi. Klementina ham shuhratparast edi, lekin XX asrning ijtimoiy odatlariga amal qilib, u o‘z qobiliyatini muvaffaqiyatli eriga qaratib, uni mohirlik bilan boshqaradi. “Bir safar u yoshligida ayol emas erkak bo‘lib tug‘ilganida, to‘laqonli davlat arbobi bo‘lishni istagani haqida aytib bergandi”, — deya eslaydi Klementinaning biografi Sonya Purnell.

    Afsuski, Klementina davlat arbobi bo‘lmadi. Shunga qaramay, u o‘z maqsadi yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. U turmush o‘rtog‘i mamlakat bosh vaziri bo‘lish uchun barcha narsasini dorga tikkanida ham erining yonida turdi. Uinston 120 ming britan askarining o‘limiga sabab bo‘lgan Dardanel operatsiyasi uchun hisob-kitob qilish niyatida Birinchi jahon urushida ko‘ngilli sifatida qatnashmoqchi ekanini aytganida, Klementina uni frontga kuzatib qo‘ydi. Aynan shuning ortidan Cherchill o‘z obro‘sini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgandi. U murakkab siyosiy masalalarda Uinstonga maslahat berar va ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlardi.

    Juftlikning farzandlari

    Klementina Uinstonning besh nafar farzandini dunyoga keltiradi. Kichik qizi Meri bolaligini faqat iliq xotiralar bilan eslaydi: ularning Chartvelldagi oilaviy uyida doimo bazm-u jamshidlar bo‘lar, unga taniqli insonlar (masalan, Charli Chaplin) taklif etilardi; o‘zaro suhbatlarda esa sanʼat mavzusi haqida uch soatlab bahs qilinar, Uinston bo‘lsa Shekspirning sonet va sheʼrlaridan parchalar o‘qirdi.

    Foto: AP Photo

    Klementina ham farzandlarini yaxshi ko‘rardi, ammo otasi kabi ular bilan ko‘p vaqt o‘tkazmas edi.

    “Onam uchun har doim otamning ehtiyojlari va qiziqishlari birinchi o‘rinda edi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinda ham”, — deya eslaydi Meri.

    Oilaning kenja farzandi iqtidorli yozuvchi va saxovatpesha inson sifatida uzoq umr kechirdi, ammo qolgan to‘rt farzandning taqdiri kutilganidek bo‘lmadi.

    Marigold Cherchill uch yoshida vafot etadi — bu Uinston va Klementina og‘ir ahvolga solib qo‘yadi, ular ushbu fojiada o‘zlarini ayblar edi. Rendolf ismli yagona o‘g‘li esa bir safar o‘z joniga qasd qilishga urinadi, katta qizi bo‘lsa, 1960-yillarda giyohvand modda qurboniga aylanadi. O‘rtancha qizi Sara ham baxtini topa olmadi: u o‘rtacha aktrisa bo‘ldi, spirtli ichimliklarga mukkasidan ketdi va uch marta oila qurdi.

    Tabiiyki farzandlar muammosi juftlikning o‘zaro munosabatlariga ham taʼsir ko‘rsata boshladi. 1930-yillarda Klementina va Uinston ajrashish yoqasiga kelib qoladi. O‘zaro janjallardan birida ayol ichida ismaloq bor likopchani eriga uloqtirib yuborgani maʼlum. 1935-yilda Klementinaning Terens Filip ismli rassom bilan aloqalari haqida mish-mishlar tarqaladi. Biroq oilaning bunday “beqaror davri” katta yo‘qotishlarsiz kechdi. Ikkinchi jahon urushi boshlanish arafasida Klementina yana erini qo‘llab-quvvatlovchi sadoqatli ayolga aylandi. Uinstonning tig‘iz ish jadvali va muntazam ishchi safarlari sabab ular uzoq vaqt ko‘risha olishmasa-da, doim bir-biri bilan yozishib turdi.

    “Men barchasini Klemmiga aytib beraman”, — deya Britaniya bosh vaziri bir safar Franklin Ruzveltga tan olgandi.

    Bundan hayratga tushgan AQSH prezidenti uning so‘zlarini hatto kundaligiga yozib olgan.

    Uinston va Klementina, 1940-yil
    Foto: Marieclaire

    1943-yilda Uinstonning sog‘lig‘i yuragidagi muammolar va pnevmoniya sabab yomonlashib qolganida Klementina uning davolanishini shaxsan nazorat qilish uchun Karfagenga uchib boradi. U erining yonida qolib, tuzalishiga ko‘maklashadi. Bosh vazir oyoqqa tura boshlagach esa ayol unga urushdan tinkasi qurigan mamlakat ishlarini yuritishga yordam beradi.

    Qiziq jihati, Klementina turmush o‘rtog‘ini professional faoliyatida qo‘llab-quvvatlasa-da, barcha siyosiy qarashlariga ham qo‘shilavermasdi. Masalan, ayol liberal bo‘lib, eri boshchilik qiladigan konservatorlar partiyasini bir necha bor qoralagan. U Uinston Cherchillning fikrlariga ochiq-oydin qarshi bora oladigan yagona inson edi — va eng muhimi, Cherchill ayolining so‘zlarini tinglardi. Aynan rafiqasining taʼsiri ostida Britaniya bosh vaziri qator ijtimoiy islohotlarni amalga oshiradi — ular orasida ayollar huquqlarining kengaytirilishi ham bor. Klementina hazillashib o‘zini erining “siyosiy vijdoni” deb atardi.

    Ayol Britaniya uchun eri hech qachon qilmaydigan ishni amalga oshiradi — Fransiya va SSSR bilan aloqalarni tiklashga kirishadi. 1941-yilda u “Qizil Armiya”ga yordam sifatida fond tashkil etib, birinchi bo‘lib xayriya qiladi. Bundan tashqari, Klementina sovet askarlariga muntazam tibbiyot buyumlari, nogironlar uchun protezlar, jarrohlik uskunalari va dori-darmonlar yuborilishini talab qiladi.

    Foto: Wikipedia

    Uinston Cherchill o‘z yurtida mashhur Fulton nutqini so‘zlar, “sovuq urushni” boshlab bergan bir paytda uning rafiqasi o‘zgacha siyosatni yuritardi. Klementinaning uzoqni ko‘ra bilishini eri bir necha yildan keyin, 1950-yilda SSSR yadroviy qurolga ega davlatga aylanganida tan oladi.

    Siyosiy karyerasi yakunlanish arafasida Uinston Cherchillga shunday savol berishadi: “Siyosatchi bo‘lmaganingizda kim bo‘lardingiz?”.

    Siyosatchi biroz o‘ylanib, xotirjam javob beradi: “Agar hozirgidek bo‘lmaganimda, jon deb missis Cherchillning ikkinchi eri bo‘lgan bo‘lardim”.
    14.07.2024, 11:31   Izoh (0)   21379
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rim qo‘shinlarini qo‘rquvga solgan sirakuzalik daho. Yerni joyidan siljitmoqchi bo‘lgan va qum zarralarini sanagan Arximedning o‘ldirilishi

    03.04.2023, 09:52

    Qarzlar, xonavayron hayot va olamshumul ixtiro — dunyoni o‘zgartirib yuborgan Gutenberg taqdiri

    18.06.2024, 16:30

    Shekspir — teatr, o‘limdan keyingi mashhurlik va meros qolgan karavot. Buyuk dramaturg taqdiri

    22.06.2024, 20:55

    Trampga uyushtirilgan suiqasd haqida nimalar ma’lum?

    14.07.2024, 10:29

    Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

    14.07.2024, 09:45

    32 mlrd so‘mga sotilayotgan Bugatti, 4 yilga kechikkan qo‘ng‘iroq va adashgan Bayden: ijtimoiy tarmoqlarda nima gap?

    13.07.2024, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Sistit — bu uyat emas!

    Reklama | 29 may, 21:00

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.