“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning yarim himoyachisi Rodri “Chelsi” bilan 2024/2025-yilgi APL 1-tur uchrashuvida maydonga tusha olmasligini aytdi.
— Yevro finalida jarohat olgan Rodri o‘zini qanday his qilmoqda?
— Bilmayman, men uni hali ko‘rmadim. U mashg‘ulotlarni boshlashi kerak, shundagina uning o‘yinga tayyorligini bilishimiz mumkin.
— U “Chelsi”ga qarshi o‘ynaydimi?
— Buning imkoni yo‘q.
— Yevro finalida o‘ynagan boshqa futbolchilar Foden, Uoker, Stounz-chi? Ular “Manchester Yunayted” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishdi.
— Ular bor-yo‘g‘i ikki-uchta mashg‘ulot o‘tkazdi. Ular klubga yaxshi holatda yetib keldi. Professional futbolda o‘yinchilar hatto ta’tilda ham o‘zlariga e’tiborli bo‘ladi. Ko‘ramiz. Ishonchim komilki, ular tayyor. Lekin 90 daqiqaga emas, dedi Gvardiola klubning YouTube’dagi kanalida.
Ma’lumot uchun, APL 1-turidan o‘rin olgan “Chelsi”—“Man Siti” uchrashuvi ertaga, 18-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)