Fransiyaning Parij shahri mezbonlik qilgan yozgi Olimpiada bahslari o‘z yakuniga yetdi.
Olimpiya bahslarida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegatsiyasi vatanimizga qaytib kelmoqda.
Olimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar uchun 8 ta Tahoe (chempionlarga) hamda 5 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza medali sohiblariga) avtomobillari tayyorlab qo‘yildi.


Shuningdek, g‘oliblar quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi: 200 ming dollar (oltin), 100 ming dollar (kumush), 50 ming dollar (bronza).
Izoh (0)