• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Parij—2024. O‘zbekiston sportida yangi sahifa ochgan musobaqa tafsiloti

    Parij Olimpiadasi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi. Birinchidan, O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi bor o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan musobaqalarga kirishdi.

    Foto: Olympic

    Bundan tashqari, o‘z tarixida birinchi bor jamoaviy sport turlarida Olimpiadaga yo‘l oldi. O‘zbekiston U-23 jamoasi Osiyo chempionatida finalga yo‘l olib mamlakat tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    Foto: Getty Images

    O‘zbekiston ushbu Olimpiadada 13 ta medalga ega chiqdi. 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Olimpiyachilar umumjamoa hisobida 13-o‘rinni qayd etdi. Ushbu natija ham Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshisi hisoblanadi.

    Bungacha o‘zbekistonlikning eng yaxshi natijasi Rioda qayd etilgan. O‘shanda mamlakat 21-o‘rindan joy olgan.

    Foto: Google Images

    O‘zbekiston bokschilari jahonda tengsiz

    O‘zbekiston boks terma jamoasi mamlakatga beshta oltin medalni olib keldi. Bu natija ham tarixiy ahamiyatga ega. Hali hech qaysi jamoa bunday kichik tarkib bilan 5 oltin medalni qo‘lga kiritmagan.

    Foto: Olympic

    O‘zbekiston boks delegatsiyasi Rioda ham yetakchilikni qo‘lga kiritgan edi, bu safar ham O‘zbekiston boks dunyosida tengsiz ekanini isbotladi.

    O‘zbek ayollaridan navbatdagi rekord

    Foto: Getty Images

    Hozirgacha o‘zbek ayollari hech qachon Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritmagan edi. Diyora Keldiyorova bu noxush an’anani yo‘qqa chiqardi va eng kuchli sportchilarni mag‘lub etib, diyor uchun oltin medalni taqdim etgan birinchi ayol sportchiga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Svetlana Osipovaning taekvondo bo‘yicha musobaqadagi kumush medali esa o‘zbek ayol sportchilarining Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etishga yordam berdi.

    Yangi sport turlaridagi debyut

    Yuqorida qayd etilganidek jamoaviy sport turi hisoblangan futbolda O‘zbekiston birinchi bor Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    Foto: Getty Images

    Bundan tashqari suvga sakrash, kamondan otish va ayollar kurashi bo‘yicha mamlakat sportchilar ilk bor 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.

    Ikki karra chempionlar

    Boks bo‘yicha musobaqalarda Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘stmatov va taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Olimpiadada o‘zlarining ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

    Shu paytgacha eng yaxshi natija Artur Taymazovga tegishli edi. U O‘zbekiston safida 1 ta oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

    Yangi tarix yaratildi

    O‘zbekiston delegatsiyasi jahonda 13-o‘rinda qayd etildi. Ushbu natija MDH mamlakatlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Turkiy davlatlar ichida eng yaxshisi hisoblanadi.

    Foto: Olympic

    MDH davlatlari ichida Ozarbayjon (2+2+3) hamda Qozog‘iston (1+3+3) kuchli uchlikni yakunlab berdi. Rossiya va Belarus delegatsiyasi musobaqalarda qatnashmadi.

    Markaziy Osiyoda O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (1+3+3) hamda Qirg‘iziston (0+2+4) jamoalari egalladi.

    Osiyo mamlakatlari orasida to‘rtinchi o‘rin: O‘zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida faqat Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin, 4-o‘rinni egalladi.

    Esda qolgan vaziyatlar

    Musobaqaning dastlabki kunlaridan o‘zbek sportchilari musobaqaning kun mavzusiga aylanib oldi. Diyora Keldiyorova 5 yildan beri mag‘lub bo‘lmagan Uta Abeni mag‘lub etib, yakunda oltin medalni qo‘lga kiritgani dzyudo, umuman sport olamidagilarni hayron qoldirdi.

    Foto: Getty Images

    Futbol musobaqasida O‘zbekiston U-23 jamoasiga omad kulib boqmadi ammo o‘zbek futbolchilari ko‘pchilikning mehrini qozondi.

    Sitora Turdibekova 2023-yil Jahon chempionati bahslaridan chetlatilgan Lin Yu Tinga qarshi bahs olib bordi. Jangdan so‘ng Xalqaro boks federatsiyasi Iman Halif va Lin Yu Tinga qarshi jang qilgan bokschilarga 50 ming AQSH dollari pul mukofoti e’lon qildi.

    Foto: Getty Images

    O‘zbekiston boks jamoasi Parijga yig‘ilgan barchaning ko‘nglidan joy oldi. Terma jamoaning har bir a’zosi boshqa yurt vakillari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi, ko‘chalarda ular bilan rasmga tushishdi, dastxatlar olindi.

    Foto: Getty Images

    O‘zbekiston delegatsiyasiga ruhiy dalda berish uchun katta jamoa Parijga yetib keldi va ular Fransiyani “zabt etishdi”. Ko‘chalarda o‘zbek kuy-qo‘shiqlari yangradi. O‘zbek muxlislari bayram qilayotgani tarmoqlarda aylandi va boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatildi.

    Ulug‘bek Rashitov jarohat olgan holda bo‘lsa-da, final uchrashuvida ajoyib qatnashdi va oltin medalni o‘ziniki qildi.

    Dzyudochi Gulnoza Matniyozova, Sharofiddin Boltaboyev, yunon-rum kurashchisi Rustam Assakalov faoliyatini yakunlaganini e‘lon qildi. Olimpiadaning ikki karra chempioni Bahodir Jalolov professional boksga o‘tganini e’lon qildi.

    O‘zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev yurak xurujiga uchradi. Buyuk Britaniya shifokorlari vaqtida yordam berib hayotini saqlab qoldi.

    Foto: Olympic
    Foto: Olympic

    Parij Olimpiadasi yopilish marosimida Ulug‘bek Rashitov O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori vazifasini bajardi. 11-avgust tunda o‘zbekistonliklar uchun har tomonlama omadli kelgan Olimpiada yakuniga yetdi.

    12.08.2024, 15:09   Izoh (0)   24632
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Parij—2024 medallar jamlanmasi. AQSH — yetakchi, Xitoy 2-bo‘lib yakunladi. O‘zbekiston eng yaxshi natijasini qayd etdi

    12.08.2024, 10:18

    Olimpiada yopilish marosimida O‘zbekiston bayroqdori vazifasini Ulug‘bek Rashitov bajaradi

    11.08.2024, 21:28

    Parij—2024. Og‘ir atletikachi Tursunoy Jabborova musobaqani 10-o‘rinda tugatdi

    11.08.2024, 17:11

    Habib Nurmagomedov Olimpiada chempioni Razambek Jamalovni tabrikladi

    11.08.2024, 14:03

    Ikki-uch daqiqa o‘ziga kelmagan: O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi yurak xurujiga uchradi 

    11.08.2024, 09:33

    Bahodir Jalolov havaskor boksdan ketganini e’lon qildi 

    11.08.2024, 08:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozgi ta’tildan keyin bola tez-tez kasal bo‘lsa: farzandlar immunitetini oshirish sirlari

    Farzand | 15 avgust, 18:20

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    Shveysariyada plastik chiqindilar muammosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi

    Dunyo | 15 avgust, 18:05

    Transfermarket jarohat olgan futbolchilardan “ramziy terma jamoa” tuzdi

    Sport | 15 avgust, 18:00

    Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 17:40

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.