Sirdaryo viloyati hokimi Yaponiyaning Harada Internattional Law Office va Kanadaning New Silk Way kompaniyasi rahbarlaridan iborat investorlar guruhi hamda ularning mahalliy hamkorlarini qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda viloyat hududida qurilishi rejalashtirilayotgan yirik logistika markazi loyihasi muhokama etilgan.
Tashabbuskorlarning taʼkidlashicha, markazning umumiy maydoni 800 gektar bo‘lib, uni tashkil etishga 10 milliard dollar miqdorida investitsiya mablag‘i yo‘naltiriladi.
Sirdaryo viloyati hokimi taklif etilayotgan loyiha viloyat iqtisodiyoti uchun nihoyatda muhim ekanini qayd etib, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida loyihani joylashtirish uchun mavjud imkoniyatlar o‘rganib chiqilgach, keyingi tashkiliy masalalar yuzasidan muhokamalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Izoh (0)