Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Bobur Xo‘jamov Xitoyning Syamen shahar kengashi raisi o‘rinbosari Xuan Fensyan boshchiligidagi rasmiylar bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, muloqot chog‘ida ikki tomonlama sheriklikning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari, xususan, viloyat hududida Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parki tashkil qilish va unda sanoatning muhim yo‘nalishlarida investitsion loyihalarni joylashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil kengaytirish uchun faol muloqotni muntazam davom ettirishga kelishib oldi.
Izoh (0)