• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHning yangi prezidenti G‘azoni qutqaradimi?

    21-iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi.

    Garchi Jo Baydenning saylovoldi poygasidan chiqishi taxmin qilingan bo‘lsa-da, bu AQSH bilan chambarchas bog‘langan mamlakatlarda birmuncha behuzurlik uyg‘otdi. Ana shulardan biri Binyamin Netanyaxu boshliq yahudiylar davlatidir. Isroil urush boshlangandan beri Amerika Qo‘shma Shtatlarining qanoti ostida bo‘lib kelmoqda.

    Unga na BMT rezolyutsiyalari, na Jinoiy sud qarorlari ta’sir o‘tkaza olyapti. Biroq mojaroga “Hizbulloh” hamda husiylarning aralashuvi “katta og‘a”ning mehribonchiliklariga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Ana shunday mas’uliyatli pallada AQSHda siyosiy beqarorlik yuzaga kelgani Isroil uchun unchalik ham yoqimli ish bo‘lmadi. Va bosh vazir Netanyaxu Vashingtonga yo‘l oldi... “Daryo” mazkur jarayonlar haqida ekspertlar fikrini o‘rgandi. 

    Abduvali Soyibnazarov, siyosatshunos:

    — Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning AQSHga tashrifi judayam qiyin vaziyatga to‘g‘ri kelyapti. Chunki G‘azodagi urush bugungi kunda Livandan tortib Yamangacha bo‘lgan katta hududlarni qamrab oldi. Ya’ni Isroil bir frontda Falastin bilan, ikkinchisida “Hizbulloh” bilan, uchinchi frontda esa Yamandagi husiylar bilan to‘qnashuvlar olib borishga majbur bo‘lyapti. Qolaversa, Eron omili ham bor... Shu sababli Netanyaxu murakkab vaziyatni boshidan kechiryapti. AQSHga safardan ko‘zlangan maqsad aniq — eng yaqin ittifoqchisi bilan maslahatlashish. Ya’ni bundan buyon qanday yo‘l tutish kerak? Ko‘rib turganimizdek, Netanyaxuning bu kabi qattiqqo‘l siyosati o‘ta xunuk va og‘ir oqibatlarga olib kelyapti. Netanyaxu o‘zining siyosiy umrini uzaytirish uchun har uchta lager bilan muloqotlar olib borishga majbur: birinchidan, mamlakat ichkarisidagi ultra o‘ng ittifoqchilarining ko‘nglini olishi kerak, ular G‘azodagi operatsiyani oxirigacha olib borishni talab qilishyapti. Aks holda, ular koalitsiyani tark etishlari, hukumat inqirozga yuz tutishi va takroriy saylovlar o‘tkazilishi mumkin. Ikkinchi tomondan, AQSHning amaldagi rahbari Jo Bayden bilan muloqot olib boryapti, safar davomida uning tinchlik rejalari yana bir bor muhokama qilinadi. Bayden HAMAS bilan muzokaralarni davom ettirish yuzasidan bosim o‘tkazyapti. Bundan tashqari, Kamala Harris va Donald Tramp bilan ham uchrashadi. 

    Abduvali Soyibnazarov
    Foto: “Daryo”

    Saylov masalasida bugun AQSHda murakkab vaziyat yuzaga keldi. Kamala Harris yosh, uning hokimiyatni egallash imkoniyatlari borgan sari ortishi mumkin. Harris G‘azoda tinch insonlarning qirg‘in qilinishiga qarshi chiqyapti. Netanyaxu Trampning hokimiyat tepasiga kelishini istaydi, chunki Tramp uning har qanday harbiy operatsiyalariga keng yo‘l ochib beradi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Qo‘shma Shtatlarda kim hokimiyat tepasiga kelishidan qat’i nazar, Isroilni qo‘llab-quvvatlaydi. 

    Shuhrat Rasul, siyosatshunos:

    — Isroil va AQSH o‘rtasida Isroil davlatchiligi paydo bo‘lgandan beri shakllangan tarixiy an’analar bor. Bu ikki davlat o‘rtasida doim strategik hamkorlik va do‘stona munosabatlar bo‘lgan. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, saylovlarda qaysi partiya vakili g‘alaba qilishidan qat’i nazar, shakllangan tarixiy traditsiyalar buzilmasa kerak. Lekin liderlarga ham ko‘p narsa bog‘liq. Tramp yo Harris? Qaysi biri saylovda g‘alaba qozonishiga qarab, biroz mo‘tadillashishi yoki aksincha, radikallashishi mumkin. Agar Tramp hokimiyat tepasiga kelsa, Isroil bilan aloqalarni chuqurlashtiradi, shuningdek, Falastinga munosabatlarda ham qattiqlik kuzatilishi mumkin. Umuman, Trampning hokimiyatga kelishi Falastin xalqi uchun yaxshi emas. Chunki u to‘laligicha Netanyaxuni va uning “Likud” partiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bordi-yu, Kamala Harris g‘alaba qozonsa, u birmuncha mo‘tadil, noradikal siyosat olib boradi. Biroq u ham tarixiy an’analarga tayangan holda yahudiylarning tarafini olaveradi. Shu bilan birga, Harris demokratlar partiyasining vakili, mazkur partiya esa doim Isroilni yengil tanqid qilib kelgan. Harris shu liniyani davom ettirishi mumkin. Uning Isroilga nisbatan pozitsiyasi Trampga qaraganda qat’iyroq bo‘ladi, tanqidlar ko‘zga tashlanishi mumkin, ammo umumiy strategik vektor o‘zgarmaydi.

    Iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul
    Shuhrat Rasul
    Foto: “Daryo”

    Netanyaxuning so‘nggi bayonotlariga qaraganda, Isroil yaqin orada qirg‘inni to‘xtatmoqchi emas. Chunki yahudiylar o‘zlarining “tarixiy yerlarini ozod qilish uchun kurashmoqda va har qanday davlatning, har qanday xalqaro tashkilotning bunga qarshi chiqishi borib turgan jinoyatdir”. 

    Abduvali Soyibnazarov, siyosatshunos:

    — Isroil — AQSHning Yaqin Sharqdagi “erkatoyi”. Aslida, Isroil mavjud bo‘lib turishining asosiy maqsadi ham arab davlatlarini ta’sir doirasida saqlab turish, ularning rivojlanishiga imkon bermaslik. Netanyaxu AQSH Kongressida to‘rtinchi marta nutq so‘zlashi uchun imkon yaratilishi Isroil Yaqin Sharqda eng asosiy davlat ekanligini anglatadi. Hali biror davlat rahbari Kongressda to‘rt marta nutq so‘zlamagan. Safar davomida G‘azodagi urushni to‘xtatish yoki Falastinga muxtoriyat berish masalasidan ko‘ra ham “Hizbulloh”ni qanday tinchitish, husiylarga qarshi qanday muvaffaqiyatli kurashish yoxud Eronga qarshi zarbalar berish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

    Amaldagi prezident Jo Bayden bilan ana shu masalalar muhokama etiladi. Bordi-yu Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelsa, bu Netanyaxuga qo‘shimcha kuch-quvvat beradi, chunki yaxshi eslaymizki, Tramp Quddusni Isroilning yagona va abadiy poytaxti deb e’lon qilish qarorini qo‘llab-quvvatlagan va Suriyaga tegishli Jo‘lon tepaliklarini Isroilga tegishli deb tan olgan edi. 

    Yodingizda bo‘lsa, mojaro boshlanganda bu urush Falastin davlatining tan olinishi bilan yakun topadi, chunki Isroil qirg‘inni uzoq davom ettira olmaydi, xalqaro bosim ostida yon berishga majbur bo‘ladi, degan fikrlar yangragan edi. Lekin yuqorida aytilganidek, genotsidning oxiri ko‘rinmayapti. Aniqrog‘i, uning oxiri G‘azo va Falastin yerlarini butkul o‘zlashtirib, yahudiylashtirib olishga borib taqalyapti. Biroq bu borada ekspertlarning fikrlari turlicha. Ayrimlari najot tobora susayib borayotganidan xavotirda bo‘lsa, boshqalari Netanyaxuni tiyishga qodir real kuch mavjudligiga ishonadi.  

    Abduvali Soyibnazarov, siyosatshunos:

    — Men Falastin uchun hali-beri najot yo‘q, degan bo‘lardim. Chunki bugun hokimiyat tepasida Netanyaxuning “Likud” partiyasi va Falastin mustaqilligiga butkul qarshi bo‘lgan ultra o‘ng millatchilar turibdi. Ular davrida ham, ularning o‘rniga boshqa kuchlar kelgan taqdirda ham, Falastinga mustaqillik berish imkoniyati nolga teng. Bugungi kunda ham ko‘plab bosimlar bo‘lyapti Yevropa Ittifoqi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan, biroq hanuz Isroil Falastin mustaqilligiga qarshi. Aksincha, bugun G‘azoda olib borilayotgan harbiy operatsiyalarning maqsadi ham HAMASni yo‘qotish emas, balki G‘azo sektorini ham Isroil tarkibiga butkul qo‘shib olish. Shundan kelib chiqib aytyapmanki, Isroil o‘z hududlarini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. Falastin mustaqilligi haqida ko‘p gapirilyapti-yu, lekin Falastinga mustaqillik berish emas, uning yerlarini tortib olish siyosati davom etyapti. Netanyaxu bundan 20 yillar oldin “biz Falastinga mustaqillik bera olmaymiz, Isroil davlati atigi 12 ming kvadrat kilometrdagi mamlakat bo‘lib qolishini istamaymiz”, deya bayonot bergan edi. Shu kunlarda Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv- muloqotlarda ham Falastinga mustaqillik berish masalasi emas, Isroilning xavfsizligini ta’minlash masalalariga ustuvorlik beriladi. Shu ma’noda aytmoqchimanki, hali-beri mustaqil Falastin davlati va uning najotga erishishi haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. 

    Shuhrat Rasul, siyosatshunos:

    — Lekin Isroil va HAMAS o‘rtasidagi konfliktga ta’sir qiluvchi AQSHdan ham qudratliroq kuch bor, bu Yevroittifoq. Bunday deyishimga sabab YI Isroil bilan eng katta savdo aylanmasiga ega. Bu AQSH-Isroil savdo-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qaraganda ancha yuqori. Agar YI harakatga kelsa, “Likud” partiyasiga va uning yetakchisi Netanyaxuga nisbatan jo‘yali ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarini ishlab chiqsa, sanksiyalar e’lon qilsa, Netanyaxu Falastinga nisbatan o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkin. So‘nggi paytlarda mintaqada Xitoyning  ham ishtirokini ko‘ryapmiz. U hamma Falastin liderlarini yig‘ib, ular o‘rtasida konsensusga erishdi. Endi ular ilgarigidek har kim o‘zicha emas, yagona front bo‘ylab harakat qiladi. Bu Falastin xalqining pozitsiyasini xalqaro darajada ancha kuchaytiradi. Endi katta o‘yinchilarni ham bu bilan hisoblashishga majbur qiladi.

    Xulosa o‘rnida Kamala Harrisning nomzodi haqida. Tramp bu nomzodni ham masxara qilib, ustidan mag‘zava ag‘darishga ulgurdi. Bunga javoban Kamala Harris prokurorlik faoliyati davomida juda ko‘p firibgarlar va lo‘ttibozlarni ko‘rganini, Tramp aynan o‘shalarni eslatishini aytdi. So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, Kamala Harris hozirdanoq 44 foiz ovoz bilan Trampni ortda qoldirmoqda — unda 42 foiz. Mutaxassislar hali Donald Tramp raqibi Jo Bayden emasligidan afsuslanadi, degan fikrlarni ham bildirishmoqda. Saylovlarda bu xonimni yengish Tramp tarafdorlari o‘ylaganchalik oson bo‘lmasligi aniq. Bugungi mavzu nuqtayi nazaridan qaraganda esa, Kamala Harris hech bo‘lmaganda Netanyaxuning qonxo‘r siyosatini tanqid qilishi va bu tanqidlar meva berishiga umid bog‘lash mumkin. Zotan, noumid — shayton deydilar.

    25.07.2024, 18:40   Izoh (0)   14648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Filippinda “Gaemi” superto‘foni tufayli 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

    25.07.2024, 18:25

    Rossiyada mehnat migratsiyasi: yangi qoidalar nimalardan iborat?

    25.07.2024, 17:53

    OAV: Markaziy Osiyo banklari Rossiyadan to‘lovlarni rad eta boshladi 

    25.07.2024, 17:15

    Safety Perception Index O‘zbekistonni xorijiy sayyohlar uchun eng xavfsiz mamlakat deb eʼlon qildi

    25.07.2024, 16:01

    OTB Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshiladi

    25.07.2024, 15:25

    Avstraliya sohillarida 55 yil avval halokatga uchrab, bedarak yo‘qolgan kema topildi 

    25.07.2024, 15:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48

    Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradi

    Dunyo | 15 iyun, 11:38

    Markaziy Osiyo davlati ham bor: Tramp 36 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni cheklamoqchi

    Dunyo | 15 iyun, 10:46

    Mahmud Murodov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 15 iyun, 10:09

    Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning nishoni bo‘lishi mumkin — WSJ

    Dunyo | 15 iyun, 09:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.