Xitoy kompaniyasi Samarqandga yangi avtobuslar yetkazib beradi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Ishbilarmonlar markazida “Marokand Trans 777” MCHJ Xitoyning Sumec International Technology Trading Co.,LTD korxonasi, loyiha hamkorlari hamda mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda 2024—2025-yillarda umumiy qiymati 171 mln dollar bo‘lgan elektrobus va avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
2023-yilning dekabr oyida Samarqandga Xitoydan 10 ta yangi avtobus olib kelingan edi.
Izoh (0)