Yevrokomissiya Kiyevga 4,2 milliard yevro miqdoridagi yordamning yangi transhi ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
“Yevropa komissiyasi Ukraina uchun jamg‘arma doirasida deyarli 4,2 milliard yevro miqdoridagi yangi transhni ma‘qulladi”, deb yozadi u.
Avvalroq Germaniya 2025-yilda Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravarga qisqartirib, to‘rt milliard yevro ajratishi haqida ma’lum qilgandi.
2024-yil fevral oyi boshida YI davlatlari Ukrainaga blok byudjeti doirasida 50 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam berishga kelishib olgan edi. Yevrokengash rahbari Sharl Mishelning taʼkidlashicha, bu Ukraina uchun doimiy, uzoq muddatli va bashorat qilinadigan moliyalashtirish imkonini beradi.
Izoh (0)