Buxoro va Navoiy viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Unga ko‘ra, departamentning Nurota tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar V.A. va Z.Z. jami 4 300 AQSH dollarini fuqaro A.J.ga 54,5 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Vobkent tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.N. fuqaro G.D.dan jami 3 000 AQSH dollarini 37,6 million so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)