Qirg‘izistonda Afg‘onistondan keladigan anor ekstraktli gazli ichimlik vositasini sotish taqiqlangan edi. Sanepidqo‘mita axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu mahsulot O‘zbekistonga ham olib kirilgan.
Har bir partiyalar tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib keltirilgan mahsulot partiyasiga sanitariya-epidemiologik xulosalar berilgan. Keltirilgan mahsulotlar tarkibida zaharli yoki inson salomatligi zarar keltiruvchi moddalar aniqlanmagan, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan anor taʼmli mahsulotlardan qayta namunalar olinib, nazorat tartibida laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.
“Bugungi kunga qadar aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotning sifatsizligi va isteʼmol qilish oqibatida zaharlanganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)