Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati.
Unga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Beshariq tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirda aniqlandi. Fuqaro N.N.ga qarashli (bog‘) fermer xo‘jaligining suv nasosi elektr hisoblagich tok transformatorlariga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan.
Ushbu qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra tizimga 234 mln so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izoh (0)