Jizzax viloyatining Zomin tumanida 27-iyun kuni II Xalqaro maqom sanʼati anjumani tantanali ravishda ochildi. Tantanali ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, maqom sanʼatining tarixi va ahamiyatini eʼtirof etdi.
Tantanali tadbir mumtoz kuy-qo‘shiqlardan tuzilgan konsert bilan davom etdi. Festival o‘tayotgan Zominsoy majmuasi bayramona bezatilgan. Keng maydon bo‘ylab xalqimizning boy madaniyati, zo‘r amaliy sanʼatini namoyon etuvchi ko‘rgazmalar tashkil etilgan.
Davlat rahbari xorijlik mehmonlar bilan birga ushbu hunarmandchilik ko‘rgazmalarini, folklor jamoalarning chiqishlarini ko‘zdan kechirdi.
“Daryo” muxbiri ushbu anjumanning ochilish marosimidan fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)