Qirg‘izistonda deputat Balbak Tuloboyev O‘zbekiston va Turkmanistondan sabzavot va mevalar (rezavorlarni ham) olib kirishga taqiq joriy etishni taklif qildi. Bu haqda “Tazabek.kg” xabar berdi.
Deputat tegishli taklifini Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasining yig‘ilishida ilgari surdi. U mahalliy fermerlarga o‘z mahsulotlarini bozorga chiqarishga yordam berish uchun shunday chora zarurligini aytdi.
“Nega o‘zimizniki bo‘la turib, boshqalarni boyitib, ularning mahsulotlarini sotib olishimiz kerak? Biz mahalliy sabzavot, meva va rezavorlarni nafaqat eksport, balki iste’mol qilmoqchimiz”, — dedi u.
Bunga javoban Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Kubat Kuseyinov tegishli masalani ko‘rib chiqishini aytdi.
Izoh (0)