Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida qirg‘izistonliklar SSSRda qo‘yilgan omonatlarini tiklashlari mumkinligini ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan kafolatlangan jamg‘armalar summalarini to‘lash shartlari tartibi tasdiqlangan.
Ushbu tartibga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi, shuningdek, sobiq SSSR fuqarolarining naqd pul omonatlarini tiklash omonatchining 1992-yil 1-yanvardan boshlab o‘z hisobvarag‘idan pul yechib olgani yoki shaxsiy hisobvarag‘ini yopganidan qat’i nazar, tegishli koeffitsiyentlardan foydalangan holda, ularning balanslarini indekslash orqali amalga oshiriladi, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ushbu qaror bilan “Eldik Bank” OAJ Vazirlar Mahkamasining Qirg‘iziston fuqarolari, shuningdek, sobiq SSSR fuqarolarining pul jamg‘armalarini tiklash bo‘yicha agenti etib tayinlandi.
Izoh (0)