Qozog‘istonning Semey shahrida “o‘rgimchak odam” kiyimida metall konstruktsiyalarga ko‘tarilgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda “Polisia.kz” xabar berdi.
Politsiya xodimlari “superqahramon”ni ko‘chadan olib ketgan. U qo‘lga olinishidan oldin isitish quvurlarini qo‘llab-quvvatlovchi metall konstruksiyaga chiqqan. Buni yaqin atrofda bo‘lgan politsiyachilar payqagan. Uchastka inspektori “superqahramon” xavfsizligidan xavotirlanib, undan pastga tushishni so‘ragan.
Politsiya xodimi Dastan Jaqpanov yigitning endigina 16 yoshda ekanini bilgach, uni uyiga olib borgan va onasi ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazib, bunday o‘yinlar juda xavfli ekanini ta’kidlagan, — deyiladi boshqarma bayonotida.
Izoh (0)