Surxondaryo viloyatida 12-iyun kuni yerosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 11-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:13 da Тojikistonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 68,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,3. Chuqurlik 25 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 400 kilometr janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Sho‘rchi tumanida 2-3 ball,
- Uzun tumanida 2 ball,
- Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball,
- Oltinsoy tumanida 2 ball,
- Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball,
- Denov tumanida 2 ball,
- Bandixon tumanida 2 ball.
Tojikistonda 10-iyun kuni ham sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyatining qator hududlarida sezilgan edi.
- Bundan oldin 31-may kuni Jizzax viloyatida yerosti silkinishlari qayd etilgandi.
- Shuningdek, 5-mayda Namangan viloyatida 3,7 magnitudali,
- 19-aprel kuni esa Qashqadaryo viloyatida kuchsiz yer silzila kuzatilgan edi.
Izoh (0)