Jizzax viloyatida 31-may kuni yerosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan 03:25 da Jizzax viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Episentr — Baxmal tumani. Zilzila koordinatalari: 39,77 gradus shimoliy kenglik; 67,97 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,2. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 197 kilometr janubi-g‘arbda.
Bundan oldin 5-may kuni soat 13:16 da Namangan viloyatida 3,7 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Undan oldingi yerosti silkinishlari 19-aprel kuni Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan edi.
Izoh (0)