Daryo

Toshkentda minglab xonadonlar gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi

“Hududgaz Poytaxt” joylarda taʼmirlash ishlari olib borilishini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish5 065 ko‘rishlar0 izoh0

Taʼmirlash ishlari tufayli Yunusobod, Mirobod va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 11-iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yunusobod tumani (soat 08:00 dan 20:00 gacha): “Turkiston”, “Astrobod” va “Islomobod” MFYlari:

  • aholi isteʼmolchilari soni — 56 ta ko‘p qavatli uylardagi 4300 ta xonadon, 45 ta yerli xonadon;
  • ulgurji isteʼmolchilar soni — 25 ta.

Mirobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha): Mehrjon ko‘chasi

  • aholi isteʼmolchilari soni — 2 ta xonadon;
  • ulgurji isteʼmolchilar soni — 11 ta.

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 14:30 gacha): “Ziyo” MFY:

  • aholi isteʼmolchilari soni — ko‘p qavatli uylardagi 96 ta xonadon, 32 ta yerli xonadon;
  • ulgurji isteʼmolchilar soni —  5 ta.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

10-iyun kuni ham Toshkentda qator hududlarda elektr va gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar