Namangan viloyatida 13-may kuni yerosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan 11:44 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 41,6 gradus shimoliy kenglik; 71,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 208 kilometr shimoli-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida —2 ball;
- Kosonsoy tumanida — 2 ball.
Bundan oldin 5-may kuni soat 13:16 da Namangan viloyatida 3,7 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Undan oldingi yerosti silkinishlari 19-aprel kuni Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan edi.
Izoh (0)