Rossiya harbiy-havo kuchlari 10-iyun kuni Suriyadagi jangarilar markazlariga seriyali hujum amalga oshirgan. Bu haqda Suriya hukumati xabariga asoslanib, Al-Arabiya nashri maʼlum qildi.
Manbada aytilishicha, hujum asosan Suriyaning Homs va Dayr az-Zor shaharlarida tashkil etilgan. Ushbu shaharlardagi isyonchilar harbiy nuqtalariga ketma-ket 6 ta hujum uyushtirilgan.
Rossiyaning Suriya bo‘yicha yarashtirish markazi hujumni tasdiqlagan. Damashq bilan o‘zaro muloqot almashinuvi asosida belgilangan nuqtalar nishonga olingani xabar qilingan.
Rossiya asosan bosim ostida Suriya sharqidagi Al-Tanf viloyatidan chekingan jangarilar istehkomlarni o‘qqa tutgan. Ularning markaziy hududlarga kirib kelishi oldi olingan.
“So‘nggi 24 soat ichida Rossiya Aerokosmik kuchlari Al-Tanf viloyatidan chiqib ketgan va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashiringan jangarilarning aniqlangan bazalariga oltita zarba berdi”, — deyilgan Rossiya tomoni eʼlon qilgan bayonotda.
Maʼlumot o‘rnida, Suriyaning Al-Tanf viloyatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining harbiy bazasi joylashgan. So‘nggi haftada ushbu bazadan yuborilgan kuchlar qurolli hujum tayyorlashda gumonlangan guruhlarni viloyat hududidan haydab chiqargan.
Izoh (0)