Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida fermerning BYD mashinasi xatlangach, barcha qarzini to‘ladi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Unga ko‘ra, byuroning Do‘stlik tuman bo‘limiga “Z.M” fermer xo‘jaligi hisobidan Jizzax viloyati Soliq boshqarmasi hisobiga 75 million soliq qarzi undirish bo‘yicha ijro varaqalari kelib tushgan. Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga tegishli avtotransportiga taqiq o‘rnatilgan hamda hisob raqamlariga band solingan.
Shundan so‘ng ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida fermer xo‘jaligi rahbariga qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lamagani hamda o‘ziga tegishli avtotransportni xatlashdan yashirgani sababli 5,1 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning BYD rusumli avtomashinasi qarzdorlik evaziga xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qarzdor mashinasiz qolgach, mavjud qarzdorliklarni to‘liq to‘lab berdi.
Izoh (0)