Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nizom Abdullayev tibbiy etika qoidalariga zid ravishda tibbiyot xodimini kurakdan turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilayotgani aytilgan videolavha tarqaldi.
SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu voqea joriy yilning 7-iyun kuni Chirchiq shahrida joylashgan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining ertalabki hisobot yig‘ilishi vaqtida kuzatilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha o‘rganilmoqda.
Izoh (0)