Toshkent shahar Yashnobod tumanida Captiva urib yuborgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 8-iyun kuni soat 00:10 larda Yashnobod tumani “Do‘stobod” MFY Sultonali Mashxadiy ko‘chasi 216-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 1983-yilda tug‘ilgan (erkak) K.S. Captiva rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda — 1985-yilda tug‘ilgan E.X.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)