Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 9 million so‘m qarzi bor fuqaroning Damas’i xatlandi. Bu haqda MIB “Daryo”ga xabar berdi.
Unga ko‘ra, ogohlantirishlardan keyin ham qarzdorlikni to‘lamagan javobgar X.J.ning Damas avtomobili xatlangan hamda ijro hujjati talabini bajarmagani uchun unga nisbatan 680 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llangan.
Oradan 3 kun o‘tib, avtomobilini qaytarib olish istagida fuqaro qarzdorlikni va ma’muriy jarima summasini to‘liq to‘lagan hamda mashinasini jarima maydonidan olib chiqqan.
Izoh (0)