Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp yana Amerika yetakchisiga aylansa, u Ukrainani taslim bo‘lishga majburlashi mumkinligini ta’kidladi, deya RBC xabar berdi.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, bu uning obro‘siga va Vashingtonning jahon siyosatidagi roliga ta’sir qiladi,
Ukraina rahbariga ko‘ra, Tramp qayta saylansa, mojaroni “Ukraina hisobiga” tugatishga qaror qilishi mumkin. Rossiya tomonining bunday qarorga roziligini tasdiqlasa, Tramp Ukrainani ham moliyaviy, ham qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi, shuningdek, boshqa davlatlardan yordamni to‘xtatishni talab qilishi mumkin.
Zelenskiy bunday qaror AQSHning jahon yetakchisi maqomini yo‘qotishiga olib kelishini aytgan.
U haqiqatan ham keyinchalik yutqazgan prezident bo‘lishni xohlaydimi? Tasavvur qiling-a, shundan so‘ng Putin hujumda davom etadi. AQSHning yangi prezidenti butun dunyo uchun kim bo‘ladi? U juda zaif bo‘ladi, — deydi Zelenskiy.
Uning fikricha, bunday vaziyatda Putin Qo‘shma Shtatlar endi o‘sha o‘yinchi emasligini anglab, davom etadi. Keyin maydonga boshqa avtoritar rahbarlar kiradi. Bu esa haqiqiy uchinchi jahon urushi, - deya xulosa qilgan Ukraina prezidenti.
Tramp Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida hal qila olishini bir necha bor taʼkidlagan. Avvalroq CNN nashri Tramp qayta saylanganidan so‘ng Rossiya va Ukrainani muzokaralar stoliga o‘tkazishga harakat qilishi haqida xabar bergan. Telegraph nashri Tramp o‘z rejasini noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarigacha oshkor qilmasligini aytgan.
Izoh (0)