Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Italiya bosh vaziri Jorjia Melonini Falastin davlatchiligini tan olishga chaqirdi.
Bu haqda Erdo‘g‘onning Meloni bilan telefon suhbati yakunlariga bag‘ishlangan xabarda aytilgan.
“Prezident Erdo‘g‘on bosh vazir Meloni bilan suhbatda Italiyani tarixning to‘g‘ri tomonida ko‘rishni istashini aytib, Ispaniya, Irlandiya va Norvegiya kabi Falastin davlatini tan olishga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda zudlik bilan doimiy o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlashdan tashqari, Turkiyaning ustuvor yo‘nalishi mahbuslarni ozod qilish, shuningdek, bandargohga uzluksiz gumanitar yordam yetkazib berishdan iborat.
Izoh (0)