Fransiyaning Lion shahridagi Jan Jores metrosida pichoq bilan qurollangan erkak bir necha o‘tkinchini pichoqladi. Bu haqda Le Progres xabar berdi.
Shahar xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Muhammad Chihiga ko‘ra, noma’lum erkak politsiya tomonidan qo‘lga olinmaguncha, uch kishini yaralashga muvaffaq bo‘lgan. BFM telekanali to‘rt kishi jarohatlangani, qorin bo‘shlig‘idan jarohat olgan ikki kishining ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari hujumga guvohlik qilgan va shok holatida bo‘lgan beshinchi shaxs ham bor. Le Progres nashrining yozishicha, bu kasalxonaga olib ketilgan keksa ayoldir.
Hujumdan oldin politsiyaga erkakning shubhali xatti-harakati haqida xabar berilgan, uning qo‘lida o‘tkinchilar pichoqni payqagan. Pichoqlash sodir etgan shaxs 27 yoshli erkak bo‘lib, avval ruhiy kasallikdan davolangani aytilmoqda. Hujumdan keyin u pichoqni uloqtirmoqchi bo‘lgan, biroq uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Erkakning hujumga aloqadorligi kuzatuv kamerasi tasvirlari bilan ham tasdiqlangan.
Izoh (0)