• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Havoga sovurilgan millionlar: ajrim bilan tugagan dunyodagi eng hashamatli to‘ylar (foto)

    Hatto million dollarlik to‘y ham nikoh uzoq va baxtli bo‘lishiga kafolat bermaydi. Buning yaqqol isboti sifatida ajrim bilan yakunlangan mashhurlarning eng hashamatli to‘y marosimlarini taqdim etamiz.

    Bred Pitt va Jennifer Eniston

    Foto: Daily Mail

    Gollivud yulduzlarining 2000-yildagi to‘yi yilning eng shov-shuvli voqeasiga aylangan edi. Garchi to‘y yopiq tarzda, OAV vakillarisiz o‘tkazilgan bo‘lsa-da, tashrif buyurgan mehmonlarning so‘zlari uning qanchalik qimmatbaho marosim bo‘lganini tasdiqlaydi.

    To‘y Malibu qirg‘og‘ida, nafis gullar bilan bezatilgan bog‘da bo‘lib o‘tdi. Unda kelin Lawrence Steele brendiga mansub qo‘lda tikilgan oq libos kiydi. Pittning shaxsan o‘zi dekoratsiya va tashkiliy ishlarga bosh bo‘lgan. Bayramda mushakbozlik namoyishi 13 daqiqa davom etgan. Oradan 5 yil o‘tib, 2005-yilning yanvar oyida Bred Pitt va Jennifer Eniston munosabatlari tugaganini e’lon qildi.

    Pol Makkartni va Xizer Mills

    Foto: Reddit

    Qadimiy irlandcha qasr, mehmonlar uchun yuborilgan shaxsiy vertolyotlar va 125 ming dollarlik gullar bezagidan iborat to‘y marosimi 2002-yilda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Britaniyalik musiqachi Pol Makkartni uylangan bir oyoqli model Xizer Millsni dastlab omma unchalik yoqtirmas edi, chunki Polning rafiqasi vafot etganiga bir yil bo‘lmay boshlangan munosabatlar insonlarni shubhaga solgan.  

    3 million dollarlik to‘y marosimida kelin o‘zi yaratgan oq libosda, kuyov dizayni Richard Jeys tomonidan ishlangan kostyumda bo‘ldi. Taomlar musiqachining marhum rafiqasi xotirasiga bag‘ishlangan — vegetarian ovqatlardan iborat edi. Linda hayvonot mahsulotlaridan voz kechishni faol qo‘llab-quvvatlagan inson bo‘lgan.

    Ammo 2006-yilda er-xotin alohida yashashni boshladi. Millsning so‘zlariga ko‘ra, Pol Makkartni giyohvand moddalarni iste’mol qilgan va rafiqasini kaltaklagan, shuning uchun u ajrashishga qaror qilgan.

    Kris Hamfris va Kim Kardashyan

    Foto: Daily Mail

    2011-yilda Kim Kardashyan basketbolchi, o‘zidan 4 yosh kichik Kris Hamfrisga turmushga chiqdi. Hashamatli to‘y Santa-Barbarada bo‘lib o‘tdi. Kelin marosimda 3 xil oq libosda namoyon bo‘ldi. Asal oyi esa Italiyada o‘tdi. To‘ydan 72 kun o‘tib esa Kim ajrimga ariza berdi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu voqea Kardashyanlar oilasining yana bir piari edi. Ammo to‘y xarajatlariga ahamiyat bersangiz, bunday fikr haqiqatdan yiroqdek tuyuladi. 10 million dollarlik hashamatli to‘y, Vera Vong brendiga mansub liboslar, jahonga mashhur insonlarning marosimga taklif etilishi buning aksidan dalolat beradi. Hamfris so‘zlariga ko‘ra, mazkur to‘y uyushtirilgan shou bo‘lmagan.

    Xuan Syaomin va Anjela Beybi

    Foto: Marie Claire

    Xitoylik Kardashyan sifatida ma’lum bo‘lgan Anjela va aktyor Xuanning to‘y marosimi ham boshqalarnikidan qolishmaydi. Chaumet zargarlik uyiga qarashli, kelin uchun atalgan nikoh uzugi 1,5 million dollar bo‘lgan. Kelin ko‘ylak uchun Dior’ga buyurtma berilgan va libos 5 oy davomida tikilgan. Shanxaydagi kongress hollardan birida bo‘lib o‘tgan to‘yga 200 ta mehmon taklif qilingan. Ertak uslubida yasatilgan zal devorlarida Disney qasrlarini ko‘rish mumkin edi.

    Xuan va Anjelaning nikohi 8 yilgina davom etdi. Ularning bir nafar o‘g‘li bor.

    Shahzoda Charlz va malika Diana

    Foto: Daily Mail

    “Asr to‘yi” deb ta’rif berilgan to‘y butun Britaniya va dunyo aholisi tomonidan kuzatilgan. Marosimning birgina xavfsizligi uchun 600 ming dollar sarflangan. Ledi Diana 10 ming marvarid bilan bezalgan libos va 132 marvarid qadalgan va tayyorlanishiga 5 oy ketgan tufli kiygan. Libos shleyfi 8 metr uzunlikda bo‘lgan. To‘y guli esa 2 kg og‘irlikda eng nafis va qimmatbaho gullardan yasalgan edi.

    1981-yilda bo‘lib o‘tgan marosimga uch yarim ming mehmon tashrif buyurgan, ular uchun turli o‘lchamdagi 27 ta tort tayyorlandi, kechqurun esa butun Britaniya bo‘ylab yuzlab mushaklar otildi.

    Ammo Charlz va Diana baxtiyor juftlik emasdi. Oilada Uilyam va Garri dunyoga kelganiga qaramay, Charlz Kamilla bilan uchrashishni davom ettirdi. Shu sababli ularning nikohiga darz ketdi.

    14.05.2024, 11:50   Izoh (0)   62321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Inson hayotidagi eng unutilmas kun: Turk kinosi yulduzlarining to‘ylari qanday o‘tgan? (foto)

    28.07.2023, 11:30

    Kelinni yig‘latish shart: turk to‘ylaridagi noodatiy an’analar

    23.02.2024, 16:50

    Britaniyalik 36 yoshli milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y to‘rt kun davom etdi (foto)  

    06.05.2024, 17:40

    Har kuni iste’mol qilish zararli bo‘lgan 7 ta meva

    14.05.2024, 10:50

    Nimadir chaynaydi, qoshini chimiradi, qadah ko‘taradi: deyarli har bir filmida bir xil harakatni takrorlaydigan aktyorlar (foto)

    14.05.2024, 09:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48

    Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradi

    Dunyo | 15 iyun, 11:38

    Markaziy Osiyo davlati ham bor: Tramp 36 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni cheklamoqchi

    Dunyo | 15 iyun, 10:46

    Mahmud Murodov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 15 iyun, 10:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.