Eʼtibor berganmisiz, baʼzi filmlarda aktyorlar ssenariydan qatʼi nazar, o‘z “fishka”sini saqlab qoladi. Buni ataylab qilishadimi yoki bu harakatga alohida xususiyat sifatida qarashadimi, noma’lum.
Bred Pitt doim nimadir yeb yuradi
Baxtli bo‘lish uchun ko‘p narsa kerak emas — shunchaki mazali taom bo‘lsa bas. Bredning suratga olish maydonchasidagi shiori shunday bo‘lsa kerak. Darhaqiqat, Pitt 2 soatlik ekran vaqtida biron nima chaynab turmagan filmni eslash qiyin. Qizig‘i shundaki, bir necha yil oldin Reddit muharriri Bredning filmografiyasi bo‘yicha bir qancha izlanishlar olib boradi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor vaqti-vaqti bilan biror narsa iste’mol qiladigan filmlar eng yuqori baholarni olgan.
Tom Kruz yuguradi
Ko‘plab super qahramon yuguruvchilar bor: Rtut, Makkari, Tezlik va boshqalar. Ammo komiks qahramonlarini Tom bilan osongina almashtirish mumkin — uning ko‘p yillik tajribasi tufayli Kruz hatto ularning yetakchisi bo‘la oladi.
Leonardo Di Kaprio qadah ko‘taradi
Bred gazak qilsa, Leo ichadi. Odatda stakanlarda choy yoki limonad bo‘ladi. Qadah ko‘tarilgan sahnalar memga aylanib shunchalik keng tarqalganki, aktyorni qo‘lida ichimliksiz tasavvur qilish qiyin.
Kianu Rivz kostyum-shimda yuradi
Kianu Rivz ishtirokidagi istalgan filmda aktyor baquvvat mushaklarini ko‘rsatmasligi mumkin, ammo zamonaviy kostyumlar uning har qanday loyihasining ajralmas qismidir.
Dueyn Jonson qoshini chimiradi
Bir necha yil oldin kelishgan kurashchi va mashhur aktyor qoshi chimirilayotgani tasvirlangan videoni e’lon qilgandi. Natijada o‘zi bilmagan holda mem trendini boshlab berdi. Muxlislar u ishtirok etgan filmlardan parchalarni kesib, Dueynning ajoyib yuz ifodalarini dunyoga ko‘rsatishni boshladi.
Izoh (0)