AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, AQShning janubiy chegarasini yopishga va Meksikadan kelayotgan muhojirlar oqimiga chek qo‘yishga va’da berdi.
Bu haqda siyosatchi Nyu-Jersida 100 mingga yaqin odam qatnashgan mitingda aytib o‘tdi.
“Yangi maʼmuriyatimning birinchi kunida men janubiy chegarani muhrlab qo‘yaman, bu jarayonni to‘xtataman... Va Jo Baydenning noqonuniy ittifoqchilarini uylariga jo‘nataman”, — dedi Tramp.
Siyosatchi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda hokimiyatga kelganidan keyin boshlanadigan “Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasi”ni ham e’lon qildi.
Tramp tarafdorlari bilan suhbatda, AQSh Baydenning yana to‘rt yillik prezidentligidan omon qolmasligini aytdi. Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “katta muammoga duchor bo‘lmoqda” va Oq uy siyosati tufayli uchinchi jahon urushiga tortilishi mumkin.
Amerikada prezidentlik saylovlari shu yil 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)