Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 6-may kuni yerosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 10:41 da kuzatilgan zilzila episentri Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari: 39,32 gradus shimoliy kenglik; 67,46 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 263 kilometr janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Urgut tumanida — 2-3 ball;
- Toyloq tumanida — 2 ball;
- Kitob tumanida — 2 ball;
- Bulung‘ur tumanida — 2 ball;
- Shahrisabz tumanida — 2 ball;
- Samarqand tumanida — 2 ball.
Kecha 5-may kuni soat 13:16 da Namangan viloyatida 3,7 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Undan oldingi yerosti silkinishlari 19-aprel kuni Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan edi.
Izoh (0)