Indoneziyada “Persikas Subanga” klubining futbolchisini o‘yin payti chaqmoq urdi. Bu haqda ASTV xabar berdi.
Kadrlarga muhrlangan tasvirlarda (quyida berilgan) o‘yin paytida futbolchini qanday qilib chaqmoq urgani va hushidan ketgani, boshqa futbolchi esa maydonda o‘tirib qolganini ko‘rish mumkin. Jarohat olgan 30 yoshli futbolchi kasalxonada vafot etgan. Bu “Silivangi” stadionida futbolchisini chaqmoq urishi bilan bog‘liq birinchi holat emas.
“Persikak Subang” Indoneziyaning uchinchi yirik divizioni bo‘lib, ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, ikki marta durrang natija qayd etgan va to‘rt marta yutqazgan. Indoneziyaning uchinchi diviziyasi ikki raunddan iborat: provinsiya kvalifikatsiyasi va milliy raunda provinsiyalararo o‘yin.
Izoh (0)