Gretsiya poytaxti Afina quyuq chang-to‘zon kirib kelishi ortidan to‘q sariq rangga burkandi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Sahroyi Kabirdan havoga ko‘tarilgan chang-to‘zon Gretsiya janubidagi qator hududlarga kirib kelgan. Hukumat aholiga salomatlikni saqlash bo‘yicha bir qancha ko‘rsatmalar bergan.
Rasmiylar chang mamlakatning sharqiy mintaqalariga surilib borishini maʼlum qilgan. Aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.
Ammo mamlakat fuqarolari apelsin rangiga bo‘yalgan Afina shahri bo‘ylab sayrlarga chiqa boshlashgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ajoyib rangga bo‘yalgan shahar suratlari tarqala boshladi. Gretsiyalik meteorolog Kostas Laguvardos Afinani “Mars koloniyasi”ga o‘xshatgan.
Shimoliy Afrikadan Gretsiya va boshqa hududlarga ko‘chadigan chang bulutlari vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan hodisa bo‘lib, ko‘rish imkoniyatini cheklaydi va nafas olishni qiyinlashtiradi. Chang bulutlari O‘rta Yer dengizining sharqiy davlati Kipr hududlariga ham taʼsir etadi.
Izoh (0)