Iroq Xalq safarbarlik kuchlari (XSK) Bag‘doddan taxminan 50 kilometr janubda joylashgan Kalso harbiy bazasidagi qo‘mondonlik punktida 19-aprel kuni kechki payt havo hujumi natijasida kuchli portlash sodir bo‘lganini ma’lum qildi, deya Reuters xabar berdi.
So‘nggi hisobotlarga ko‘ra, bir nafar XSK jangchisi halok bo‘lgan va olti nafari yaralangan.
Portlash moddiy zarar va jarohatlarga sabab bo‘ldi, — deyiladi XSK bayonotida va tergov olib borilayotgani aytilgan.
Havo hujumi uchun kim javobgar ekanligi aniq emas. AQSH rasmiysi Amerika Iroqda harbiy faoliyat amalga oshirmaganini aytgan.
XSK qurolli guruhlar sifatida faoliyat boshlagan, keyinchalik Iroq rasmiylari tomonidan rasmiy xavfsizlik kuchlari sifatida tan olingan.
XSK tarkibidagi guruhlar Isroilning G‘azo sektoridagi kampaniyasi fonida bir necha oy davomida Iroqdagi AQSH kuchlariga raketa va dron hujumlarida qatnashgan, ammo fevral oyining boshidan beri hujumlarni to‘xtatgan.
Izoh (0)