Qatar va Kuvayt hukumatlari Qo‘shma Shtatlarga o‘z bazalari va havo kengliklaridan Eronga qarshi har qanday ehtimoliy harbiy harakatlar uchun foydalanishni taqiqlovchi qonun imzoladi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.
Bu chora Eronning shu oy boshida Damashqdagi diplomatik binolariga raketa zarbasi bergani uchun Isroildan o‘ch olishi haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirilgan. Qatar va Kuvayt AQSHga o‘z bazalaridan Eronga qarshi harakatlar uchun foydalanishga ruxsat bermasliklarini maʼlum qilgan.
Bundan tashqari, Fors ko‘rfazi mamlakatlari AQSH tomonidan Eronga qarshi potensial harbiy amaliyotlar uchun o‘z havo kengliklaridan foydalanishni taqiqlagan. Dengiz hududidan foydalanish borasida esa hech qanday muhokama bo‘lmagan.
AQSH harbiy samolyotlari Kuvaytdagi Ali as-Salem va Ahmad Al-Jobir havo bazalarida, shuningdek, mamlakatning Yaqin Sharqdagi eng yirik aviabazasi bo‘lgan Qatardagi Al-Udeyd havo bazasida joylashgan. Ushbu bazalardan Fors ko‘rfazi tomon muntazam havo reydlari tashkil etib turiladi.
Izoh (0)