Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sintetik moddalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 7-aprel kuni Chirchiq shahri hududidan o‘tgan kanal yoqasida o‘zini shubhali tutgan shaxs tungi xizmatga jalb qilingan shahar IIB patrul-post xizmati xodimlari eʼtiborini tortadi.
1996-yilda tug‘ilgan fuqaro G‘.M. xodimlar tomonidan to‘xtatib tekshirilganida uning yonidan 21 dona sariq poliyetilen paketlarda qadoqlangan giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
O‘tkazilgan surishtiruv davomida u shaharning Chinara hududiga 1 dona, hudud yaqindagi anhor bo‘yiga 3 dona xuddi shunday sariq poliyetilen paketga qadoqlangan sintetik moddalarni yashirganligi va keyinroq ularni ijtimoiy tarmoqda (lokatsiya) orqali sotmoqchi bo‘lganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)