Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati ona va bola markazida xodimlar majburiy mehnatga jalb qilingani haqida murojaat e’lon qilindi. Viloyat SSB holatga izoh berdi.
![](/static/2024/04/09/meh-A2lsTrKF.jpg)
Mazkur murojaat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi nazoratiga olinib, viloyat ona va bola markazida (aniqrog‘i, respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida) o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda muhokoma qilingan. Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari, filial ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari hamda ishchi-xodimlari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan filial xodimlari ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat asossiz ekanligi, muassasada hech kim majburiy mehnatga jalb etilmaganini qayd etdi. Murojaatga ilova qilingan video 2024-yil 8-aprel kuni tasvirga olingani, bu vaqtda filial hududida asosan obodonlashtirish xodimlari gul ko‘chatlari ekkani, filialning ayrim xodimlari bu jarayonni kuzatish uchun turishganini ta’kidladi.
Izoh (0)