Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin davlat qo‘riqxonasida ayiqlar tabiiy ravishda yashaydi. Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, shu kecha-kunduzda hududda ayiqning qochib ketgani holati kuzatilmagan.
“Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yolg‘on ekanini maʼlum qilib, aholidan ortiqcha xavotirga tushmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)