• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Maishatga berilib, onamning umrini yedim” — soxta tadbirkorlik ortidan qamalgan aka-ukalar taqdiri (video)

    “Nadomat” loyihasining navbatdagi suhbatdoshi 42-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayapti. U soliqdan bo‘yin tovlagani, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgani uchun Jinoyat kodeksining 184, 189-moddalari bilan 4 yil-u, 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

    — Aloqa kompaniyalari bilan shartnoma tuzib, pul to‘lash shoxobchasini ochgandim. Ro‘zg‘orga yarasha tirikchilik qilib turardim. Bir kuni tanishlarimdan biri kelib, firma ochish va naqdlashtirish bilan shug‘ullanishni taklif qildi. Tushgan puldan foiz olasan, degani uchun ko‘proq pul topishga bo‘lgan qiziqishim meni jinoyatga yetakladi. Buxgalteriya bo‘yicha hech qanday maʼlumotim yo‘q, telefonim orqali firma hisobiga tushgan pullarni nazorat qilib turardim.

    2020-yilning avgust va sentyabr oylarida nomimga 4-5 ta firma ochganman. Guvohnomalar olinganidan keyin dekabr oyidan boshlab pul aylanmasi boshlangan. Har bitta firmaga 400-500 ta shartnoma tayyorlab qo‘yib, firmalarga taksi orqali chiqarib yuborardim. Firmaning ahamiyati yo‘q edi, Toshkent, Andijon yoki boshqa viloyatdagi firmalar bilan ham shartnoma tuzaverardim.

    Foto: “Daryo”

    Umumiy hisobda nomimdagi firmalarga 30 milliard so‘m pul kelib tushgan bo‘lsa, shundan menga bor-yo‘g‘i 170 million so‘m atrofida foyda ko‘rganman. Soliq departamentiga chaqirib, noqonuniy ish bilan shug‘ullanayotganimni tushuntirishgan. Bir oydan keyin prokuratura xodimlari chaqirishdi, sheriklarimni sotmadim. Ular meni aldashdi, mayli Xudo jazolarini bersin, — deydi mahkum.

    — Nomingizga ochilgan firmalar necha oy faoliyat yuritdi?

    — Pul aylanmasi 20 kun davom etgan. Nomimdagi firmalar tozalovchi vazifasini bajargan xolos. U pullar hisobimga kelib, yana qaytib egasiga boradi. Masalan, bir firma stollar sotgan, ammo u hujjatlarda qayd etilmagan yoki kirim bo‘lmagan pullarni naqdlashtirish uchun firmalarimdan foydalanilgan, — deydi mahkum.

    Mashaqqatsiz topilgan pul suhbatdoshimizning yanada zavqini oshirdi. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi deb o‘yladi, shekilli, bu ishga institutda o‘qiydigan ukasini ham jalb qildi. Hech narsadan xabari bo‘lmagan uka akasiga ishonib, nomiga firma ochishga rozi bo‘ldi. Balki, bu ishlar qonunga xilof ekanini bilganida akasini ham bu yo‘ldan qaytargan bo‘larmidi?

    — MIBdan qarzing bor ekan, bitta firmangni yopib qo‘yishlari mumkin, deyishganidan keyin ukamning hujjatlarini olib, bitta firmani uning nomiga o‘tkazgandim. Ukam institutda tahsil olardi, u birorta hujjatga qo‘l qo‘ymagan, ammo firma uning nomida bo‘lgani uchun unga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari boshlangan paytda ukamga “Sen bo‘yningga olib ketaver, xursand qilamiz”, deyishgan ekan. Kolonkaga chiqqandan keyin ular bilan bog‘landim, ammo boshqa qo‘ng‘iroq qilmasligimni, bo‘lmasa ustimdan arz qilishlari haqida ogohlantirishdi. Shundan keyin indamadim.

    Foto: “Daryo”

    Ammo ukam men sabab ikki yildan buyon ozodlikdan mahrum, o‘qishi ham qolib ketdi. To‘g‘ri, u shu kungacha buni yuzimga solgani yo‘q, ammo vijdonim qiynaladi. Uning shaʼniga ham dog‘ tushirdim, — deydi mahkum.

    Mahkum suhbat so‘ngida aybiga iqror ekanligi, nafsning quliga aylanib, eng bebaho baxt — ozodlikdan mahrum bo‘lgani haqida kuyunib gapirdi.

    — Pul topib, maishatga berilgan paytimda atrofimda do‘st-birodarlarim nihoyatda ko‘p edi. Qamalganimdan keyin ularning hech biri yonimda qolgani yo‘q. Faqatgina bolalikdan birga ulg‘aygan sinfdosh do‘stim mendan voz kechmadi.

    Pul-ku, mayli topilar, ammo onamning umrini yeganimga achinaman. Men sabab onam sog‘lig‘ini yo‘qotdi. Keyin besh yoshli qizalog‘imning ulg‘ayayotganini ko‘rolmayapman. Ana shu narsalarni o‘ylab yuragim eziladi.

    Agar qonuniy ishlab yurganimda allaqachon uy, mashina olib, onamning duosini olib yurgan bo‘lardim. Afsuski, arzimas pul va maishat ko‘zlarimni ko‘r qilgan ekan, — deydi mahkum.

    Videoni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.

    06.04.2024, 21:15   Izoh (0)   20590
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Nadomat” — 56 yoshida norkobiznesga aralashib qolib, 10 yilga ozodlikdan mahrum bo‘lgan ayol qismati (foto, video)

    19.03.2024, 18:45

    Mashhur sportchining o‘limi kimga kerak edi? — Ushu-sanda bo‘yicha jahon chempioni, MMA jangchisi Elbek Rahimovga uyushtirilgan suiqasd sabab 9 yilga qamalgan yigi...

    27.03.2024, 15:40

    O‘zbekistonda endi xorijga ketayotgan migrantlarning xarajatlari qisman qoplanadi 

    06.04.2024, 19:50

    Toshkentda ikki mashina ishtirokida avariya sodir bo‘ldi 

    06.04.2024, 19:30

    Samarqandda maktabda kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berilayotganda “zamdirektor” hushidan ketib qoldi 

    06.04.2024, 18:40

    Toshkentda qarzdorlardan texnika vositalari va do‘konlar xatlandi   

    06.04.2024, 18:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.