Qozog‘istonda 5-aprel kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Toshkent vaqti bilan 04:36 da Qozog‘istonda 3,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 41,36 gradus shimoliy kenglik; 69,02 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 20 km shimoliy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Zangiota tumanida 2 ball, 12 km.
- Uchtepa tumanida 2 ball, 15 km.
- Olmazor tumanida 2 ball, 17 km.
Eslatib o‘tamiz, 4-aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan 4 balli zilzila ham O‘zbekistonda sezilgandi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida — 2 ball,
- Chortoq tumanida — 2 ball.
Izoh (0)